Sening isming
From Wikipedia, the free encyclopedia
„Sening isming“ (yaponcha: 君の名は。Kimi no na va.) — rejissyori Makoto Shinkai boʻlgan toʻliq metrajli anime-film. Film animatsiyasi bilan „CoMix Wave Films“ studiyasi shugʻullangan, „Toho“ kompaniyasi filmning distributori hisoblanadi. Personajlar dizayni ustida Tanaka Masayoshi ishlagan, kompozitori esa Yodziro Noda (RADWIMPS guruhidan). Premyera 3-iyul 2016-yil Los-Anjelesda oʻtkazilgan „Anime Expo 2016“ koʻrgazmasida boʻlib oʻtgan, Yaponiyada esa 26-avgust 2016-yil namoyish etilgan[1][2][3]. Shinkai tomonidan yozilgan Novelizatsiya-romani 18-iyun 2016-yilda chop etilgan[4]. „Anime Expo 2016“ filmni amerika kompaniyasi „Funimation“[5] tomonidan litsenziyalanganini eʼlon qilgan. BBC[6] versiyasi boʻyicha ushbu anime 2016-yilning eng zoʻr oʻntaligiga kirgan, Rossiyaning „Mir Fantastiki“ jurnali esa uni yuz yilikning eng zoʻr anime-filmi deb nomlagan.
Sening isming | |
---|---|
![]() | |
Rejissyor(lar) | Makoto Shinkai |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Makoto Shinkai |
Rollarda |
|
Kinematografiya | Makoto Shinkai |
Muharrir(lar) | Makoto Shinkai |
Studiya(lar) | CoMix Wave Films |
Distribyutor | Toho |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 107 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | Yaponcha |
Byudjeti | ¥ 750 million |
Daromadi | $ 380.1 million |