![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7e/AramcoCoreArea.jpg/640px-AramcoCoreArea.jpg&w=640&q=50)
Saudi Aramco
From Wikipedia, the free encyclopedia
Saudi Aramco (Arabcha: أرامكو السعودية ʾArāmkū as-Suʿūdiyyah), rasman Saudi Arabian Oil Group yoki qisqacha Aramco, asosiy ulushi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan egalik qilinadigan saudiya neft va tabiiy gaz shirkati[3][4][5]. 2022-yil holatiga koʻra, shirkat daromadi boʻyicha dunyodagi eng katta ikkinchi kompaniyadir[6]. Saudi Aramconing bosh qarorgohi Dhahran shahrida joylashgan. Shirkat global korporatsiyalar tarixida bir necha bor eng katta yillik daromadga ega kompaniyaga aylangan. Saudi Aramco butun dunyodagi aniqlangan eng katta ikkinchi xom neft zaxiralariga ega va bu 270 milliard barreldan ortiq(43 milliard kub metr)ni tashkil etadi[7]. Shu bilan birga shirkat butun dunyodagi barcha neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ichida eng katta kunlik neft qazib olish hajmiga ega[8][9][10]. Shirkatga 1933-yilda Kaliforniyada asos solingan va 1952-yilda shtab-kvartirasini Saudiya Arabistoniga koʻchirgan[11].
![]() |
![]() | Bu maqola ayni damda Furqatlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 06:06, 15-Dekabr 2023 (UTC) (6 oy avval) da tahrir qilingan. |
![]() | |
![]() | |
Turi | Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati. Davlat Egalik Qiladigan Shirkat. |
---|---|
Tarmogʻi | Neft and gaz |
Qachon asos solingan | 29 may 1933 (91 yil avval) (29 may 1933) |
Joylashuvi | location |
Hududiy xizmati | Global |
Rahbariyat |
|
Mahsulot(lar)i |
|
Aylanma daromadi |
![]() |
Operatsion foydasi |
![]() |
Boyligi |
![]() |
Ishchilar soni | 66,800[2] |
Shoʻba korxonalari | SABIC (Saudiya) (70%), Petro Rabigh, SATORP, Aramco Trading, Yanbu, Yasref, SASREF, S-Oil, Luberef, Aro Drilling, South Rub al-Khali, Pengerang Refining Company, The International Maritime Industries |
Vebsayti | aramco.com |
Saudi Aramco dunyodagi eng yirik yagona uglevodorod tarmogʻi – Master Gas Systemni ham boshqaradi. Saudi Aramco 2013-yilda xom neft ishlab chiqarish hajmi 3,4 milliard barrelni (540 million kub metr) tashkil etgan va shirkat Saudiya Arabistonidagi yuzdan ortiq neft va gaz konlarini nazorat qiladi. Shu jumladan ushbu konlarda jami 288,4 trillion standart kub fut tabiiy gaz zaxiralarini mavjud. Sharqiy provinsiya hududlarida Saudi Aramco eng koʻzga koʻringan quruqlikdagi va offshordagi eng katta konlar Ghavar va Safaniyada neft ishlab chiqaradi[12].
2019-yil 11-dekabr kuni Tadawul fond birjasida shirkat aksiyalari savdosi boshlandi. Bitta aksiyaning qiymati 35,2 saudiya riyoligacha koʻtarilib, shirkatning bozor kapitalizatsiyasi 1,88 trillion AQSH dollarini tashkil etdi[13]. Savdolar davom etgan ikkinchi kunda Saudi Aramconing bozor qiymati 2 trillionlik marrani zabt etdi[14]. Butun Tadawulning bozor kapitallashuvi 2,22 trillion AQSh dollariga teng boʻlgan. 2023 yilgi Forbes Global 2000 roʻyxatida Saudi Aramco dunyodagi ikkinchi eng yirik aksiyadorlik jamiyati sifatida qayd etilgan[15].