![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7c/A_view_of_Sutlej_river_Himachal_Pradesh_India_2014.jpg/640px-A_view_of_Sutlej_river_Himachal_Pradesh_India_2014.jpg&w=640&q=50)
Satlaj
From Wikipedia, the free encyclopedia
Satlaj, Sutlej (quyi qismida Panjnad) — Pokiston, Hindiston va Xitoydagi daryo, Hind daryosining eng katta (chap) irmogʻi. Uzunligi 1450 km, havzasining maydoni 395 ming km². Tibet togʻligidagi Kaylak tizmasidan boshlanadi. Himolay togʻlarining shim. etagidagi tor daralardan oʻtgach, Panjob tekisligidan oqadi. Yirik irmoklari: Bias va Chinob. Oʻrtacha suv sarfi Rupar sh. yaqinida 500 m³/sek., yoz oylarida 20 ming m³/sek.ga yetadi. Suv oqimini tartibga solish maqsadida toʻgʻonlar, togʻlardan tekislikka chiqqan qismida BhaqraNangal gidrotexnika kompleksi qurilgan. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim qismlarida kema qatnaydi. S boʻyida Nangal, Bahavalpur sh.lari joylashgan[1].
Qisqa faktlar Tavsif, Joylashuvi ...
Yopish