Sarpedon katta
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sarpedon (qadimgi yunoncha: Σαρπηδών qadimgi yunoncha: Σαρπηδών) — qadimgi yunon mifologiyasidagi personajlardan biri[1]. Zevs va Yevropaning oʻgʻli[2]. Miletga boʻlgan muhabbat bobida Minos bilan raqobati tufayli Kritdan qochishga majbur boʻlgan. Boshqa rivoyatlarga koʻra, u Atimniyani sevib qolgan va urush aynan Atimniya tufayli boshlangan. Sarpedon, Likiyalıklar bilan urushayotgan Cilicus bilan ittifoq tuzib, Likiyaga joylashadi. Yana bir boshqa manbalarda yozilishicha, u qoʻshin bilan Osiyoga bostirib borib, Likiya atrofidagi yerlarni egallab olgan. Gerodotga koʻra, Minos uni Kritdan quvib yubgan va Miliyadaga kelgan[3]. Yoki kelib chiqishi Kritdagi Miletga borib taqaladi, Milet koloniyasining asoschisi[4] boʻlgan. Termillar ham Sarpedon bilan birga Kritdan kelgan[5].
Yana bir taxminga koʻra, Zevs unga odamlarning uch avlodi[6] muddaticha yashahsga imkon bergan va u Troyan urushi paytida Patrokl tomonidan oʻldirilgan[7]. Boshqalar manbalarda yozilishicha, Evanderning otasi, kichik Sarpedonning bobosi[8] hisoblanadii.
Uning oʻlimi va Yevropaning unga aza tutishi Esxilning "Kariyaliklar yoki Yevropa " tragediyasida tasvirlangan (fr.99-100 Radt).