![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a9/Samuel_L._Jackson_2019_by_Glenn_Francis.jpg/640px-Samuel_L._Jackson_2019_by_Glenn_Francis.jpg&w=640&q=50)
Samuel L. Jackson
From Wikipedia, the free encyclopedia
Samuel Leroy Jackson (1948-yil 21-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va prodyuser. Oscar va Oltin globus mukofotlari nomzodi. BAFTA mukofoti laureati. Marvel Kinomatografiya Koinoti filmlarida Nick Fury rolini ijro etgan. U barcha davrlarning eng kassabop aktyori hisoblanadi. Uning filmlari butun dunyo boʻylab jami $27 milliarddan koʻproq mablagʻ toʻplagan.
Samuel L. Jackson | |
---|---|
![]() Samuel L. Jackson Hollywood, Kaliforniya, 2019-yil | |
Tavalludi |
Samuel Leroy Jackson 21-dekabr 1948-yil (1948-12-21) (75 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor, film produser |
Faoliyat yillari | 1972-bugun |
Bolalari | 1 |
Mukofotlari | |
Veb-sayt | SamuelLJackson.com |
Jackson 150 dan ortiq filmlarda suratga tushgan eng sermahsul aktyorlardan biridir. U Yulduzlar jangi Epizod I: Sirli tahdid (1999), Yulduzlar jangi: Epizod II – Klonlar hujumi (2002), Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi (2005),Temir odam (2008), Temir odam 2 (2010), Thor (2011), Kapitan Amerika: Birinchi qasoskor (2011), Qasoskorlar (2012), Kapitan Amerika: Qish askari (2014), Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018), Kapitan Marvel (2019), Qasoskorlar: Intiho (2019) va Oʻrgimchak-odam: Uydan uzoqda (2019), Kingsman: Maxfiy xizmat (2014), Turbo (2013) va Star Wars: The Rise of Skywalker (2019) kabi filmlardagi rollari orqali tanilgan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0e/Samuel_L._Jackson_2017.jpg/640px-Samuel_L._Jackson_2017.jpg)