Salerno Trota – XII asrda Janubiy Itliyadagi Salerno shahrida yashagan mashhur shifokor olima. U ayollar salomatligi va tibbiyotiga bagʻishlangan asarlar yozib qoldirgan. Trota ning nomi oʻz davrida katta shuhrat qozonib, uning tibbiyotga bagʻishlangan asarlari Fransiya va Angliya kabi mamlakatlarga ham mashhurlikka erishadi[1].
Asarlari
Trota tomonidan yaratilgan asarlar ayollar salomatligi, ayniqsa ginekologiya va akusherlikka oid boʻlib, uning ilmiy yondashuvlari oʻsha davr tibbiyotida yangi qirralarni ochgan. Trotaning asarlari „Trotula“ nomi bilan mashhur boʻlgan risolalar toʻplamiga kiritiladi[2]. Biroq, bu toʻplam aslida uchta muallifning ishlarini oʻz ichiga olgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan „Trotula“ nomi xato bilan bitta shaxsning ismi sifatida qabul qilingan[3]. „Trotula“ deb atalgan risolalar toʻplami XII asrdagi Salerno shifokorlarining asarlarini oʻz ichiga olgan[4]. Shunga qaramay, vaqt oʻtishi bilan „Trotula“ nomi bir muallifning ismi sifatida notoʻgʻri tushuncha paydo boʻlgan va Trota ismli shifokorning asarlari bilan chalkashtirilgan[5]. Bu notoʻgʻri tushuncha Trotaning ismini, jinsini, ilmiy merosini notoʻgʻri talqin qilishga sabab boʻlgan[6].
Ilmiy yutuqlari
Trota oʻz davrida va undan keyingi asrlarda ham katta mashhur olimalaridan biri sifatida qaraladi. Uning tibbiyotga qoʻshgan hissasi, ayollar salomatligi sohasidagi yangi yondashuvlari, oʻziga xos davolash usullari tufayli lotin tilida yozilgan asarlari shifokorlar uchun muxim manbaga aylanadi[7]. Bu asarlar keyinchalik turli mahalliy tillarga tarjima qilinib, 140 ga yaqin lotin tilidagi qoʻlyozma va 60 ga yaqin tarjima nusxalari saqlanib qolgan[8]. Trota ning oʻziga xos ilmiy ishlari – „De curis mulierum“ („Ayollar uchun davolashlar“) va „Practica secundum Trotam“ („Trotaga koʻra amaliy tibbiyot“) – oʻz davrida va keyingi davrlarda tibbiyotda katta ahamiyatga ega boʻlgan[9]. Bu asarlarda ayollar salomatligi, ayollarga xos kasalliklarni davolash usullari haqida qimmatli maʼlumotlar beriladi.[10].
Trotaning Ilmiy Merosi
Trotaning ilmiy merosi faqat Salerno shahrida emas, balki butun Yevropada keng tarqalgan[11]. Uning asarlari tibbiyotda ayollarga oid masalalarni chuqur oʻrganish va davolash usullarini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan. Uning nomini notoʻgʻri talqin qilinishi tufayli paydo boʻlgan bahslar XVI asrda boshlangan va XX asrning oxirigacha davom etgan. Trotaning haqiqiy ishi va „Trotula“ risolalari toʻplami filologik tahlillar yordamida qayta baholangan[12]. Shu orqali Trotaning tarixiy shaxsi va uning ilmiy ishlari isbotlanib, zamonaviy ilm-fanda oʻz oʻrnini topgan[13].
Shuningdek, qarang
- Salerno tibbiyot maktabi
- Ginekologiya
- Akusherlik
Manbalar
Tashqi havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.