From Wikipedia, the free encyclopedia
Salat, salat latuk (Lactuca sativa L.) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turi, sabzavot ekini, 5 xili: barg S, uziladigan S, boshli S, romen yoki rim Sti va sarsabil Salat bor. Jahondagi barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. Yosh barglari, poyasi, boshchasi isteʼmol qilinadi. Bargi vitaminlar (V, S, RR), karotin, kaliy, fosfor, temir tuzlariga boy. Ildizi oʻq ildiz. Avval toʻpbarg, gul, soʻng 60—120 sm uzunlikda sershox gulpoya hosil qiladi. Gullari ikki jinsli, mayda, sariq, roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan, oʻzidan changlanadi. Sovuqqa chidamli, yorugʻsevar, suvga talabchan. Urugʻi 2—4° da unib chiqadi. S bir yilda 2 marta fevr.— mart va sent.— oktyabrda sepiladi. Namgarchilik yuqori boʻlsa chirib ketadi. Gektariga 3–5 kg urugʻ sarflanadi. Oʻzbekistonda, asosan, barg Salatning Yirik boshli va 2002-yilda Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida chiqarilgan Koʻk shox navlari ekiladi.
Kasalliklari: soxta unshudring, qora, oqchirish. Zararkunandalari: sabzavot shirasi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.