From Wikipedia, the free encyclopedia
Saharqush (lot. Erithacus rubecula) – chivinxoʻrlar oilasiga kiruvchi qush turi. Yevropada tarqalgan, sharqda Gʻarbiy Sibirgacha, janubda Shimoliy Afrikagacha; tarqalish hududining katta qismida oʻtroq hayot kechiradi, faqat eng shimoliy hududlardan qishlash uchun uchib ketadi. Oʻrta osiyoda keng tarqalgan[1].
Saharqush | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Saharqush | ||||||||||||||||||
Saharqush ovozi, Gran Canaria oroli | ||||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Erithacus rubecula | ||||||||||||||||||
Saharqush tarqalish hududi (och yashil- yozgi mavsum, to'q yashil - yil davomida, ko'k - qishlash hududi) | ||||||||||||||||||
Yevropa saharqushi Carl Linney tomonidan 1758-yil uning "Systema Naturae" asarining 10-nashrida "Motacilla rubecula" binar nomi ostida ilk marotaba tavsiflangan.[2] Uning tur nomi rubecula - lotin tilida ruber "qizil" soʻzining kichiraytirilgan shaklidan olingan. Erithacus urugʻini fransuz tabiatshunosi Jorj Kuvye 1800-yilda taklif qilgan, va qushga E. rubecula binar nomini bergan.[3] Erithacus urugʻining nomi yunon tilidan kelib chiqadi, lekin aynan qanday qushga tegishliligi nomalum, hozirgi kunda olimlar bu soʻz saharqush manosini anglatganligini takidlamoqdalar.[4]
Ilgari Erithacus urugʻiga shuningdek Yapon saharqushi va Ryukyu saharqushini kiritishgan. Molekulyar-filogenetik tadqiqotlar koʻrsatishicha bu turlar orasida bogʻliqlik yoʻq.[5][6] Natijada Yapon va Ryukyu saharqushlari Larvivora urugʻiga koʻchirildi va Yevropa saharqushi Erithacus urugʻining yagona turiga aylandi. Filogenetik analiz Erithacus urugʻini Erithacinae ostoilasiga joylashtirdi, bu ostoilga shuningdek Afrikada tarqalgan turlar kiritildi.
Ilgari Erithacus urugʻi Shaqshaqlar (Turdidae) oilasiga kiritilardi, lekin hozirgi kunda Chivinxoʻrlar (Muscicapidae) oilasiga kiritiladi.
Nar va urgʻochilari oʻrtasida farqlar sezilarli emas. Yuz va koʻkrak qismi olov rang, atrofi koʻkish-kulrang. Tepa va yon qisimlari zaytun rang, qanotlari toʻqroq rnga ega. Qorin qismi oqish, oyoqlari jigarrang va uzun. Narlari urgʻochilariga nisbatan yorqinroq tusga ega. Yosh qushlar jigarrang, och rangli dogʻlarga ega.
Voyaga yetgan qushlar uzunligi 12,5—14,0 sm, vazni 16—22 g. Qanot qoqganda uzunligi 20—22 sm.
Narlari ham, urgʻochilari ham sayraydi (sayroqi qushlar uchun noodatiy).
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.