Sachratqi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sachratqi, impetigo, shirincha — terining yuqumli yiringli kasalligi; streptokokklar va stafilokokklar qoʻzgʻatadi. Aksariyat yosh bolalarda uchraydi. Koʻpincha yuz, ogʻizburun atrofi, oyoqqoʻdda boʻladi. Dastlab ichida sargʻimtir suyuqlik bor pufakchalar paydo boʻlib, bir necha soat mobaynida suyuqlik yiringga aylanadi. Bir necha kundan keyin yaralar bitib, keyinchalik ular qurib qotadi va izi qolmaydi.[1]
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Sachratqi (maʼnolari).