SOS
From Wikipedia, the free encyclopedia
SOS — bu Morze kodidagi favqulodda signal ( ▄ ▄ ▄ ▄▄▄ ▄▄▄ ▄▄▄ ▄ ▄ ▄ ). Xalqaro miqyosda ishlatiladigan bu kod dastlab dengizda foydalanish uchun yaratilgan. Rasmiy yozuvda SOS „SOS“ ning alohida harflari Morze kodi ekvivalentlari uch nuqta / uchta tire / uch nuqtadan iborat uzluksiz ketma-ketlikda, harflar orasida boʻsh joy qolmagan holda ortiqcha ustgi chiziq bilan yoziladi.[1] Xalqaro Morze kodida uchta nuqta „S“ harfini va uchta tire „O“ harfini hosil qiladi, shuning uchun „S O S“ nuqta va tirelarning tartibini eslab qolishning odatiy usuliga aylandi. (IWB, VZE, 3B va V7 ekvivalent ketma-ketliklarni hosil qiladi, ammo anʼanaviy ravishda SOS eslab qolish uchun eng osonidir.)
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
SOS bu alohida Morze kodi hisoblanadi, qisqartma emas. Ammo koʻpincha u ingliz tilidagi „qutqaring“ maʼnosini beruvchi „Save Our Souls“ yoki „Kemamizni qutqaring“ (Save Our Ship) iboralari bilan anglatiladi.[2] Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlarda bu koddan foydalanish koʻrsatgichi yuqori boʻlganligi sababli, SOS norasman kriziz yoki biror xarakatga muhtojlikni anglatuvchi sifatida ham ommalashgan.