Rutul tili
From Wikipedia, the free encyclopedia
Rutul tili (rut. Мыха́Ӏбишды чӀал) — rutullar soʻzlashadigan til. Nax-dogʻiston tillarining lezgin guruhiga kiradi. Rossiyada rutul tilida soʻzlashuvchilar soni - 30,360 kishini tashkil etadi (2010). Dogʻistonning Rutul mintaqasida, shuningdek baʼzi qishloqlarda (Kaynar (Gaynar), Xirsa, Oq-Bulax, Dashyuz, Shin, Shorsu va boshqalarda tarqalgan)[5][6][7][8][9][10]. Ozarbayjonning Sheki va Kax viloyatlarida soʻzlashuvchilar mavjud[11][12].
Qisqa faktlar Milliy nomi, Mamlakatlar ...
Rutul tili | |
---|---|
Milliy nomi | MıxaӀbişdı ç'al |
Mamlakatlar | Ozarbayjon[1] va Rossiya[2] |
Rasmiylik holati |
Dogʻiston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 30 360[3] |
Oʻrni | ? |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi |
|
Alifbosi | lotin, kirill, |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | rut |
Yopish
„МыхаӀбишды цӀинды хабарбыр“ ijtimoiy-siyosiy gazetasi rutul tilida nashr etiladi, har kuni Maxachqalada 30 daqiqalik radio dastur, oyiga bir marta Dogʻistonda Rutul tilida dastur efirga uzatiladi.
Rutul tili Dogʻistonning davlat tillaridan biri hisoblanadi.