Romance
Camila Cabello albomi (2019) / From Wikipedia, the free encyclopedia
Romance kuba-amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Camila Cabello tomonidan chiqarilgan studiyaviy albomdir. Albom xonandaning ikkinchi albomidir. 2019-yil 6-dekabrda Epic Records va Syco studiyalari tomonidan chiqarilgan. Albom uchun ashulalar yozish ishlari 2018-yil noyabridan 2019-yil oktabriga qadar davom etdi. Albomda Frank Dukes, Louis Bell, the Monsters and the Strangerz, John Hill, Andrew Watt va Finneas produser oʻlaroq qatnashishdi. 2019-yil 13-noyabrda Cabello albom 2019-yil 6-dekabrda chiqarilishini eʼlon qildi. Musiqiy jihatdan, albom pop janrida kuylangan boʻlib, R&B, Latin pop va rok unsurlarini oʻz ichiga oladi.
Romance | ||||
---|---|---|---|---|
![]() | ||||
Camila Cabello albomi | ||||
Chiqarilgan sanasi | 6-dekabr, 2019-yil(2019-12-06) | |||
Yozib olingan sanasi | 2018-yil noyabr – 2019-yil 31-oktabr | |||
Davomiyligi | 43:50 | |||
Mamlakat |
![]() | |||
Til | ingliz | |||
Leybl |
| |||
Camila Cabello xronologiyasi | ||||
|
Albomning „Señorita“ ashulasi (kanadalik qoʻshiqchi Shawn Mendes bilan birgalikda ijro etilgan) AQSh Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallab, choʻqqiga erishdi.
Romance musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi. Kanadada birinchi, AQShda esa uchinchi oʻrinni band etdi. Shuningdek, Avstraliya, Meksika va Yangi Zelandiya kabi bir qancha mamlakatlar musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. Cabello albomini targʻib qilish maqsadida Romance turnesini ham uyushtirdi.[1] Albom AQShning oʻzida bir milliondan oshiq sotilib, buning ortidan 2020-yilning mayida albom Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan beriladigan platina sertifikatini qoʻlga kiritdi.