Roger Ebert
From Wikipedia, the free encyclopedia
Roger Joseph Ebert (talaffuzi: Rojer Jozef Ibert; 18-iyun, 1942 — 4-aprel, 2013) amerikalik muxbir, kinotanqidchi va ssenarist boʻlgan. U 1967-yildan umrining oxirigacha Chicago Sun-Times gazetasida ishlab kelgan.[1] 1975-yili u Pulitzer mukofotini olib, bunday unvonga erishgan ilk kinotanqidchi boʻldi.[2] 2010-yilga kelib uning maqolalari AQSh va dunyodagi 200 dan ortiq gazetalarda chop etilardi. Ebert shuningdek 20 dan oshiq kitob yozgan.
Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Roger Ebert | |
---|---|
Tavalludi |
Roger Joseph Ebert 18-iyun 1942-yil |
Vafoti |
4-aprel 2013-yil(2013-04-04) (70 yoshda) Chicago, Illinois, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Yopish
2006-yili qalqonsimon bez saratoni tufayli jarrohlik amaliyotidan soʻng Ebert gung boʻlib qoldi, shunga qaramay ishini davom ettirdi. Ebert 2013-yil 4-aprelida saraton bilan 11-yillik olishuvidan keyin vafot etdi.[3][4]