![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/Flag_of_Rhodesia_%25281968%25E2%2580%25931979%2529.svg/languz-640px-Flag_of_Rhodesia_%25281968%25E2%2580%25931979%2529.svg.png&w=640&q=50)
Rodeziya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Rodeziya (inglizcha: Rhodesia [roʊˈdiːʒə]) – 1965-yildan 1979-yilgacha mavjud boʻlgan va Janubiy Afrika hududidagi Janubiy Rodeziya koloniyasi va hozirgi Zimbabve hududida joylashgan tan olinmagan mamlakat.
Rodeziya tan olinmagan davlat; dominion (1970-yilgacha) | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Shiori lotincha: Sit Nomine Digna | |||||||||
Madhiya Rise, O Voices of Rhodesia | |||||||||
![]() | |||||||||
Poytaxti | Salisbury | ||||||||
Til(lar)i | ingliz | ||||||||
Pul birligi | Rodeziya funti (1970-yilgacha) Rodeziya dollari (1970-yildan keyin) | ||||||||
Maydoni | 390 580 km² | ||||||||
Aholisi | 6 930 000 (1978-yil) | ||||||||
Boshqaruv shakli | Konstitutsiyaviy monarxiya (1965-1970) Parlamentar respublika (1970-1979) | ||||||||
Prezident | |||||||||
- 1970-1975 | Clifford Dupond | ||||||||
- 1976-1978 | John Wrathall | ||||||||
- 1978-1979 | Jack Pithey | ||||||||
- 1975-1976, 1978, 1978-1979 | Henry Everard | ||||||||
Bosh vazir | |||||||||
- 1965-1979 | Ian Smith | ||||||||
Tarix | |||||||||
- 11-noyabr 1965-yil | Mustaqillik | ||||||||
- 2-mart 1970-yil | Respublikaning eʼlon qilinishi | ||||||||
- 1-iyun 1979-yil | Tugatilishi | ||||||||
Janubiy Rodeziya 1964-yil boʻlib oʻtgan referendum natijalariga koʻra 1965-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qiladi. Dastavval koloniya Buyuk Britaniyaning mustaqil dominioni boʻlishga umid qiladi, lekin 1970-yilda, Buyuk Britaniyaning jahon hamjamiyatiga Rodeziyaning mustaqilligini tan olmasligi haqidagi murojaatnomasidan keyin oʻzini respublika deb eʼlon qiladi. Yangi mamlakatning hokimiyatida Ian Smith boshchiligidagi Rodeziya fronti oqlar partiyasi turardi.
1979-yilda, uzoq yillik fuqarolar urushidan soʻng hokimiyatga tub qora tanli aholi boshchiligidagi harbiylashgan guruhlar keladi. Davlat nomi dastlab Zimbabve-Rodeziyaga, keyinchalik esa Zimbabvega oʻzgartiriladi. Shuningdek barcha davlat ramzlari ham almashtiriladi. Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar 1980-yilda Zimbabve mustaqilligini tan olishadi.
Rodeziya oʻz nomini Cecil Rhodes – ingliz biznesmeni sharafiga oladi.