![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/de/Cecil_Rhodes_ww.jpg/640px-Cecil_Rhodes_ww.jpg&w=640&q=50)
Cecil Rhodes
From Wikipedia, the free encyclopedia
Cecil Rhodes – Janubiy Afrikalik siyosatchi va tadbirkor, Britaniya imperializmi tarafdori, Buyuk Britaniyaning Janubiy Afrikadagi kolonial ekspansiyasi tashkilotchilaridan biri, baʼzi insonlar fikriga koʻra, „aparteid arxitektori“[1]. U 1890-1896-yillarda Kap koloniyasini boshqargan. Shimoliy Rodeziya (hozirgi Zambiya) va Janubiy Rodeziya (hozirgi Zimbabve) davlatlari Cecil Rhodes sharafiga nomlangan[2]. Uning sharafiga Janubiy Afrika universitetlaridan biri nomlangan. Shuningdek, Cecil oʻzining Britaniya hududlari orqali Kapdan Qohiragacha boʻlgan temiryoʻl gʻoyasini taklif qilgan va ushbu gʻoyani amalga oshirishning ashaddiy tarafdori hisoblangan[3].
Cecil Rhodes | |
---|---|
inglizcha: Cecil John Rhodes | |
![]() | |
Kap koloniyasi bosh vaziri | |
Mansab davri 1890-yil 17-iyul – 1893-yil 3-may | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1853-yil 5-iyul Bishop-Stratford, Hertfordshire, Buyuk Britaniya |
Vafoti |
1902-yil 26-mart Muizenberg, Keyptaun, JAR |
Fuqaroligi |
![]() |
Millati | ingliz |
Dini | anglikan cherkovi |
Rhodes 1853-yilda Hertfordshireda tugʻiladi. Yoshligidan kasalmand boʻlganligi uchun, oila aʼzolari 17 yoshida Afrika havosi unga foyda beradi degan maqsadda Rhodesni Janubiy Afrikaga joʻnatishgan. 1871-yilda, 18 yoshga toʻlganida Cecil Kimberli shahrida olmos savdosi bilan shugʻullana boshlagan. Keyingi 20 yil ichida esa dunyo olmos bozorini egalladi. Rhodes tomonidan 1888-yilda asos solingan De Beers olmos kompaniyasi XXI asrda ham mashhurdir.
Rhodes 1880-yilda, 20 yoshida Kap parlamenti tarkibiga kiradi. 10 yil oʻtib esa bosh vazir lavozimiga koʻtariladi.
Cecil Rhodesning siyosat va biznesdagi asosiy gʻoyalaridan biri anglosakson millatining, 1877-yilgi xatda yozib oʻtganidek, dunyodagi birinchi va eng mukammal millat ekanligini taʼkidlash edi[4]. Rhodes oʻzining „dunyoda bizning millat qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi“ degan fikriga tayanib, britanlarning kolonial hududlarga koʻchib oʻtishining ashaddiy tarafdori boʻlgan va yakunda Britaniya imperiyasining har bir komponenti mustaqil ravishda oʻz siyosatini olib borishi va barcha hududlar vakillari Londondagi yagona imperiya parlamenti tarkibiga kirishi kerakligini orzu qilgan. Tarixchi Richard McFarlane Cecil Rhodesni „Janubiy Afrika va Britaniya imperiyasi tarixining ajralmas boʻlagi“ deb taʼkidlagan va uni AQSh tarixida oʻchmas iz qoldirgan George Washington va Abraham Lincolnga tenglashtirgan[5]. Soʻnggi paytda Rhodes shaxsiyati juda koʻplab tanqidlarga uchramoqda: baʼzi tarixchilar uni imperializmning ashaddiy himoyachisi va oq tanlilarning ustunligi tarafdori sifatida ayblashmoqda, aktivistlar esa uning haykallarini yoʻq qilishni talab qilmoqda[6].