Robina Muqimyar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Robina Jaloli, Robina Muqimyar sifatida ham tanilgan (1986-yil 3-iyulda tugʻilgan) sobiq Olimpiya sportchisi, Afgʻoniston sharafini 2004 va 2008 -ilgi Olimpiya oʻyinlarida va 30 ta xalqaro musobaqalarda 100 metrga yugurish boʻyicha qabul qilgan[1]. U Muqimyar nomi ostida sport musobaqalarida qatnashgan va Afgʻoniston parlamentining quyi palatasi — Volesi Jirga deputatligiga oʻzining Jaloli familiyasidan foydalangan holda nomzodini qoʻygan[2].
Robina Muqimyar روبینا مقیمیار | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
3-iyul 1986-yil (1986-07-03) (37 yosh) Kobul, Afgʻoniston |
Boʻyi | 1,7 m |
Vazni | 58 kg |
Sport | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Qaysi sport | Taekvondo |
Robina muslima ayolning anʼanaviy bosh kiyimi boʻlgan hijobda yugurgani uchun xalqaro eʼtiborni oʻziga qarata olgan[2]. U 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dzyudochi Friba Razayi bilan birga qatnashgan Afgʻoniston sharafani Olimpiya oʻyinlarida himoya qilgan birinchi ikki ayol sportchiga aylanishgan.
Jaloli Afgʻonistonning Kobul shahrida tugʻilgan va toʻqqiz farzandning (yetti qiz va ikki oʻgʻil) biri boʻlgan. Uning otasi kompyuter sanoati bilan shugʻullangan tadbirkor boʻlib, hozirda afgʻon ayollariga tikuvchilikni oʻrgatuvchi notijorat kompaniyaga rahbarlik qiladi[2]. Jaloli Tolibon davrida qizlar uchun maktablarda oʻqish taqiqlangan paytda uyda taʼlim olgan. U 2001-yildan keyin maktabga qatnay boshlagan[2]. Tolibon davridagi hayotni tasvirlar ekan, Robina shunday deydi: „ Tolibon davrida biz qizlarning qiladigan ishimiz yoʻq edi. Siz maktabga borolmaysiz. Oʻynay olmaysiz, hech narsa qila olmaysiz. Hamma qizlar uyda oʻtirishi shart edi“[3].