![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/af/Una_foto_en_la_ventana_de_Rorty_en_Barcelona.jpg/640px-Una_foto_en_la_ventana_de_Rorty_en_Barcelona.jpg&w=640&q=50)
Richard Rorty
From Wikipedia, the free encyclopedia
Richard McKay Rorty (1931-yil 4-oktyabr — 2007-yil 8-iyun) - amerikalik faylasuf. U falsafa tarixi, zamonaviy analitik falsafa boʻyicha Chikago va Yel universitetida tahsil olgan. Rorty Prinston universitetida falsafa professori, Virjiniya universitetida Gumanitar fanlar professori Kenan ilmiy darajalarida va Stenford universitetida qiyosiy adabiyot professori lavozimlarida ishlagan. Uning "Falsafa va tabiat ko‘zgusi" (1979), "Pragmatizm oqibatlari" (1982), „ Favquloddalik, ironiya va birdamlik“ (1989) kabi eng mashhur asarlari bor. Rorty uzoq vaqtdan beri mavjud boʻlgan tashqi dunyodagi obyektlarning toʻgʻri ichki tasviri bilim uchun zaruriy shart degan fikrni rad etdi. Rorty buning oʻrniga bilim ichki va lingvistik ish, bilim faqat oʻz tilimizga tegishli ekanligini taʼkidladi[1][2]. Rorti tilning o‘tkinchi va tarixiy lug‘atlardan tashkil topganligini taʼkidlaydi[3] va „… lug‘at inson tomonidan yaratilgani uchun, haqiqatlar ham shunday“ degan xulosaga kelgan[4].
Richard McKay Rorty | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
4-okttabr 1931-yil Nyu-York |
Vafoti |
8-iyun 2007-yil Palo-Alto, Kaliforniya shtati |
Fuqaroligi | AQSh |
Otasi | James Rorty |
Onasi | Winifred Rauschenbusch |