René Descartes
From Wikipedia, the free encyclopedia
René Descartes (fransuzcha: René Descartes; 1596-yil 31-mart, Lae, Turen — 1650-yil 11-fevral, Stokgolm) — fransuz faylasufi, olimi, matematigi, fizigi, fiziologi. René Descartes La-Flesh iyezuit kollejida taʼlim oldi, yunon tili va lotin tillarini, matematika va falsafani oʻrgandi. 1629-yilda Niderlandiyaga koʻchib borib, fan bilan mashgʻul boʻlgan. Qirolicha Kristina taklifi bilan 1649-yilda Shvetsiyaga boradi va oʻsha joyda vafot etadi. Descartes falsafasi uning matematikasi, kosmogoniyasi, fizikasi bilan bogʻliq. Matematikada analitik geometriya asoschilaridan biri (toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimi uning nomi bilan ataladi), oʻzgaruvchi miqdor va funksiya tushunchasini bergan („Geometriya“, 1637-yil), bir qancha algebra belgilarini joriy qilgan. Descartes „Dioptrika“ (1637-yil) asarida yorugʻlik nurining ikki muhit chegarasida sinishi haqidagi qonunni bayon qilgan. Harakat miqdorining saqlanish qonunini taʼriflagan. Osmon jismlarining yuzaga kelishi va harakati materiya zarralarining uyurma harakatidan deb tushuntiruvchi nazariya (Descartes uyurmalari) muallifi. Descartes fiziologiyaga oid bir qancha tajribalar oʻtkazdi va birinchi boʻlib shartsiz refleks haqidagi tasavvurni yaratdi. René Descartes Dordrext maktabining direktori Isaac Beeckman bilan tanishdi va Isaac Beeckman uchun musiqa toʻplamini 1618-yilda yozdi, 1650-yilda nashr etdi[5].