Renzo Piano
From Wikipedia, the free encyclopedia
Renzo Piano (italyancha: Renzo Piano; tugʻ. 1937 -yil 14-sentabr, Genuya, Italiya Qirolligi) — italiyalik arxitektor, postmodernist. Britaniyalik Richard Rojers va Norman Foster bilan birgalikda u arxitektura va shaharsozlikda yuqori texnologiyali uslubning asoschisi hisoblanadi. Hamma narsada innovatsiyalar, texnologiya va pragmatizm tarafdori. Uning eng mashhur va inqilobiy asarlari: Pompidu markazi (Parij, Fransiya), Kansai aeroporti terminali (Osaka, Yaponiya), Shard osmonoʻpar binosi, „vertikal shahar“ (London, Angliya). Genuya akvariumi(Italiya), New York Times gazetasining bosh qarorgohi (Nyu-York)[1][2].