![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/5/56/Real_Madrid_CF.svg/languz-640px-Real_Madrid_CF.svg.png&w=640&q=50)
Real Madrid mavsumlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Real Madrid Club de Fútbol — Ispaniyaning La Ligasida oʻynaydigan futbol klubi. Klub 1902-yilda Madrid shahrining futbol klubi sifatida tashkil etilgan va oʻzining birinchi oʻyinini 1902-yil 13-mayda oʻtkazgan, oʻshanda jamoa Campeonato de Copa de S.M.Alfonso XIII musobaqasi yarim finalida Barselonaga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan[2]. Real Madrid jamoasi 1902-yildan 1940-yilgacha Ispaniya kubogi uchun saralash bosqichi sifatida xizmat qilgan turli mintaqaviy turnirlarda boshqa mahalliy klublarga qarshi oʻyinlar olib borgan. 1929-yilda klub Ispaniyaning birinchi milliy ligasi boʻlgan La Liganing asosiy jamoalaridan biriga aylangan. 2022-yil holatiga koʻra, Real Madrid ispan futbolining yuqori ligasidan pastga tushmagan uchta klubdan biri hisoblanadi, qolgan klublar Atletik Bilbao va Barselona klublari hisoblanadi[3][4].
Real Madrid | ||||
![]() | ||||
Toʻliq nomi | Real Madrid Club de Fútbol | |||
Laqabi | Los Blancos (Oqlar) Los Merengues (Qaymoqranglilar) Los Vikingos (Vikinglar) | |||
Asos solingan | 1902-yil 6-mart | |||
Stadion | Estadio Santiago Bernabéu | |||
Stadion hajmi | 85,454 | |||
Prezidenti | ![]() | |||
Murabbiyi | ![]() | |||
Sardori | ![]() | |||
Reytingi | UEFA reytingida 1-o'rin IFFHS reytingida 1-o'rin | |||
Homiysi | ![]() | |||
Vebsayt | http://www.realmadrid.com | |||
Musobaqasi | ![]() | |||
La Liga 2021/22 | 1 | |||
|
1902—1929-yillarda Real Madrid 5 marotaba Qirol kubogi va 15 marta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritgan. Real Madrid La Ligani muvaffaqiyatli boshlagan, musobaqaning birinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1932-yilda birinchi marta La ligada gʻolib boʻlgan. 1947—1948-yilgi mavsumda Madrid oʻn birinchi oʻrinni egallagan, bu esa 2022-yil holatiga koʻra klubning eng yomon pozitsiyasi boʻlib qolmoqda[5]. 1950-yillarda Real Madrid toʻrt marta La Liga va besh marta Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Biroq, klub uchun ichki unvonlar boʻyicha eng muvaffaqiyatli davr 1960-yillarga toʻgʻri keladi, oʻshanda Real Madrid sakkiz marta ichki chempionatda gʻalaba qozongan. Klub 1962-yilda liga chempionligi va mamlakat kubogidagi ilk dublni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Real Madrid ketma-ket beshta chempionlikni qoʻlga kiritgan yagona ispan futbol jamoasi hisoblanadi. Klub bu muvaffaqiyatga ikki marta erishgan (1960—1965 va 1985—1990)[6].
Real Madrid UEFA musobaqalarida eng muvaffaqiyatli klub boʻlib, 24 marta gʻalaba qozongan. Klub ilk bor 1954—1955-yilgi mavsumda Yevropa musobaqalarida qatnashgan. Jamoa 1955—1956-yilgi mavsumda oʻzining birinchi yirik Yevropa chempionligini va ilk Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Real Madrid Yevropa kubogining dastlabki beshtasida gʻolib chiqgan va keyinchalik yana toʻqqizta chempionlikni qoʻlga kiritgan, oxirgisi 2022-yilda boʻlib, jamoa turnirda eng koʻp gʻalaba qozonish boʻyicha rekord oʻrnatgan. Klub 1984—1985-yilgi mavsumda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan va keyingi yili kubokni oʻzida saqlab qolgan[7].
Klub 35 marta La Liga chempionligini, 19 marta Ispaniya Kubogini, 12 marta Ispaniya Superkubogini, 1 marta Copa Eva Duarteni, 14 marta Yevropa kubogi/Chempionlar ligasini, 2 marta UEFA kubogini, besh marta Yevropa/UEFA Superkubogini, uch marta Qitʼalararo kubok va besh marta FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritgan[8]. Jadvalda klubning 1902-yilda tashkil etilganidan buyon har bir mavsumda erishgan yutuqlari batafsil bayon etilgan.
Klub ketma-ket oʻn yetti mavsum davomida (1953—1954 dan 1969—1970 gacha) kamida bitta sovrinni qoʻlga kiritgan, bu Ispaniya futbolidagi rekord natija hisoblanadi. Jamoaning eng soʻnggi kubogi 2023-yilda beshinchi FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati kubogi boʻlib turibdi.