Razzoqov
Qirg'izistonning Botken viloyatidagi shahar (2022-yilgacha Isfana deb atalgan / From Wikipedia, the free encyclopedia
Razzoqov (qirgʻizcha: Раззаков), eski nomi Isfana (qirgʻizcha: Исфана) — Qirgʻizistonning Botken viloyati gʻarbiy chekkasida joylashgan shahar. Razzoqov Fargʻona vodiysining gʻarbiy chekkasida, uch tomondan Tojikiston bilan chegaradosh hududda joylashgan.
Isfana / Razzoqov | |
---|---|
shahar | |
Isfananing shimoli-gʻarbiy chekkasidagi belgi | |
39°50′0″N 69°32′0″E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
viloyat | Botken viloyati |
Tuman | Laylak tumani |
Hukumat | |
• mer | Chingiz Risov |
Asos solingan | IX |
Qachondan beri shahar | 2001 |
Maydon | 41.35 km2 (15.97 kv mi) |
Markazi balandligi | 1320 m |
Rasmiy til(lar)i | Qirgʻiz tili |
Aholisi (2021) |
34 219[1] |
Zichligi | 830 kishi/km2 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, qirgʻizlar, ruslar, tatarlar, tojiklar |
Konfessiyaviy tarkib |
Musulmonlar xristianlar ateistlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +996 3656 |
Pochta indeks(lar)i | 720400[2] |
Razzoqovda 9-asrdan beri odamlar yashab keladi. Shaharda sovet davrida katta oʻzgarishlar sodir boʻlgan. 1937-yil Isfana qishloq kengashiga asos solingan. 1996-yil kengash qishloq boshqarmasi qilib oʻzgartirilgan. 2001-yil oʻsha paytdagi prezident Asqar Akayevning buyrugʻi bilan Isfanaga shahar maqomi berilgan.
Razzoqov Laylak tumanining administrativ markazidir. Mirzapochcha, Samat, Chimgen, Oqbuloq, Taylon va Gʻoʻlva qishloqlari ham Isfana shahar boshqarmasiga qaraydi.[3] Qirgʻiz Respublikasi Statistika qoʻmitasi maʼlumotga koʻra, Razzoqov va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi 34 219 kishidir. Shaharning oʻzida esa taxminan 23 038 kishi istiqomat qiladi.[1]