![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ec/Shoyu_ramen%252C_at_Kasukabe_Station_%25282014.05.05%2529_1.jpg/640px-Shoyu_ramen%252C_at_Kasukabe_Station_%25282014.05.05%2529_1.jpg&w=640&q=50)
Ramen
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ramen (/ˈrɑːmən/) (yaponcha: 拉麺, ラーメン or らーめん rāmen?) yaponlarning xamirli ugra taomi. U xitoycha usulda tayyorlangan bugʻdoy ugrasi solingan bulyon bilan dasturxonga tortiladi; keng tarqalgan taʼmlar birlashmasi soya sousi va misodan iborat, u odatda, goʻsht boʻlagi, nori (quritilgan dengiz oʻti), menma (bambuk qalamchalari) va skallionlar bilan bezatiladi. Ramenning kelib chiqishini xitoycha ugralar bilan bogʻlashadi[1]. Yaponiyaning har bir mintaqasida oʻz ramen turlari uchraydi: tonkotsu (choʻchqa goʻshti suyagidan qilingan bulyonda) Kyushu rameni va Hokkaidoning miso rameni ayniqsa mashhur.
Qisqa faktlar Turi, Asosiy komponentlari ...
![]() Shōyu ramen | |
Turi | Ugra shoʻrva |
---|---|
Asosiy komponentlari | Xitoy uslubidagi alkalin bugʻdoyli ugra, goʻsht yoki baliq asosida bulyon, sabzavotlar yoki goʻsht |
Yopish