Tojikiston siyosatchisi (1930–1993) From Wikipedia, the free encyclopedia
Rahmon Nabiyevich Nabiyev (tojikcha: Раҳмон Набиевич Набиев; 5-oktyabr 1930 – 11-aprel 1993) – Tojikistonning birinchi prezidenti (1991-1992-yil)[1][2].
Rahmon Nabiyevich Nabiyev | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
tojikcha: Раҳмон Набиевич Набиев | ||||||
2-Tojikiston Prezidenti | ||||||
Mansab davri 1991-yil 2-dekabrdan – 1992-yil 7-sentyabrgacha | ||||||
Oʻtmishdoshi |
Qahhor Mahkamov (Tojik SSR prezidenti) Akbarsho Iskandarov (v. b.) | |||||
Vorisi |
Akbarsho Iskandarov (v. b.) Emomali Rahmon | |||||
12-Tojikiston Oliy Soveti raisi | ||||||
Mansab davri 1991-yil 23-sentyabrdan – 2-dekabrgacha | ||||||
Oʻtmishdoshi | Qadriddin Aslonov | |||||
Vorisi | Safarali Kenjayev | |||||
9-Tojik SSR KP birinchi kotibi | ||||||
Mansab davri 1982-yil 20-apreldan – 1985-yil 14-dekabrgacha | ||||||
Oʻtmishdoshi | Jabbor Rasulov | |||||
Vorisi | Qahhor Mahkamov | |||||
6-Tojik SSR Ministrlar Soveti Raisi | ||||||
Mansab davri 1973-yil 20-iyuldan – 1982-yil 20-aprelgacha | ||||||
Oʻtmishdoshi | Abdulahad Qahhorov | |||||
Vorisi | Qahhor Mahkamov | |||||
Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||
Tavalludi |
5-oktyabr 1930-yil Shayxburxon Soʻgʻd viloyati | |||||
Vafoti |
11-aprel 1993-yil (62 yoshda) Xoʻjand, Tojikiston | |||||
Mukofotlari |
|
Sugʻd viloyati Gafurov tumani Shayxburxon qishlogʻida tugʻilgan.
1946-yilda fermer xoʻjaligi ishchisi.
1954-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyasi institutini tugatgan.
1954-1955 – Xoʻjand mashina-traktor stansiyasi (MTS) bosh muhandisi.
1956-1960 – Xoʻjand taʼmirlash-texnik stantsiyasida bosh muhandis, soʻngra 1959-yilda direktor, Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi „Tajikselxozximiya“ uyushmasi raisi[3].
1961-yildan – Tojikiston Kommunistik partiyasi boshqarma boshligʻi[4].
1971—1973 —Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vaziri[5].
1973—1982 – TSSR Ministrlar Soveti Raisi[6].
1982—1985 – Tojikiston Kommunistik partiyasi 1-kotibi. 1985-yilda spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgani uchun lavozimidan ozod etildi[7].
1986-1991 – Tojikiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish jamiyati Markaziy Kengashi Prezidium raisi.
1976-1986 – KPSS Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi.
1990-yil Respublika Oliy Soveti Deputati etib saylandi va 1991-yil sentyabr oyida Oliy Sovet Raisi boʻldi.
1991-yil 24-noyabrda Tojikiston prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyev 56,92% ovoz bilan gʻolib boʻldi. 21-dekabrda Rahmon Nabiyev MDHni tuzish haqidagi Olmota deklaratsiyasiga imzo qoʻydi.
1992-yil 2-mart kuni Tojikiston BMTga aʼzo boʻldi. 15-may kuni Toshkentda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bitimini imzoladi.
1992-yilda mamlakatda boshlangan fuqarolik urushi natijasida muxolif kuchlar Nabiyevga bosim oʻtkazishgan. 11-may kuni muxolifat bosimi ostida, Nabiyev bilan koalitsion hukumat tuzish uchun kelishib olindi. 7-sentyabr kuni Nabiyev isteʼfoga chiqdi.
1993-yil 11-aprelda Xoʻjanddagi uyida yurak xuruji natijasida vafot etgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.