RS-24 Yars
From Wikipedia, the free encyclopedia
RS-24 Yars (ruscha: PC-24 „Ярс“, NATO hisobot nomi: SS-29[5] yoki SS-27 Mod 2[6][7]) – bu Rossiyaning MIRV bilan jihozlangan, termoyadroviy qurolli qitʼalararo ballistik raketasi boʻlib 2007-yil 29-mayda maxfiy harbiy ilmiy-tadqiqot loyihasida soʻngi marta sinovdan oʻtkazilgan[8].
RS-24 Yars | |
---|---|
| |
Turi | Qitʼalararo ballistik raketa |
Davlat | Rossiya |
Xizmat tarixi | |
Ishlatilgan yillari | 2010-yil iyul oyidan hozirga qadar [1] |
Qurolli kuchlarida | Rossiya Strategik raketa qoʻshinlari |
Ishlab chiqarilish tarixi | |
Konstruktor | Moskva issiqlik texnologiya instituti |
Islab chiqarilgan yillari | 2010-yildan hozirga aqadar |
Tavsifi | |
Ogʻirligi | 49,600 kg[2] |
Tezligi, km/s | Mach 30 (36,750 km/h; 22,840 mph; 10,209 m/s) |
yoʻl zaxirasi, km | 11,000 km (6,800 mi)-12,000 km (7,500 mi) [3][4] |
Uzunligi | 22,500 mm |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/08/April_9th_rehearsal_in_Alabino_of_2014_Victory_Day_Parade_%28558-59%29.jpg/640px-April_9th_rehearsal_in_Alabino_of_2014_Victory_Day_Parade_%28558-59%29.jpg)
RS-24 Yars Topol-M bilan bir xil raketadir, bundan tashqari bir nechta mustaqil nishonga olinadigan jangovar kallaklarni (MIRV) tashish uchun oʻzgartirilgan. Har bir raketa 4 tagacha jangovar kallakni olib yurishga qodir, deb hisoblanmoqda, ammo maksimal sigʻim qancha ekanligi haqida maʼlumot mavjud emas[7].
RS-24 hozirgi RT-2PM2 Topol-M dan ogʻirroq raketa boʻlib, baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 10 tagacha mustaqil nishonga olinadigan jangovar kallaklarni olib yurishi mumkin[9]. 2007-yilgi sinovlar Qoʻshma Shtatlar Yevropada joylashtirmoqchi boʻlgan raketa qalqoniga javob sifatida eʼlon qilingan[10][11].