Quora
From Wikipedia, the free encyclopedia
Quora – bu savol-javob sayti boʻlib, unda foydalanuvchilar tomonidan savollar beriladi, javob beriladi, tahrir qilinadi. Kompaniya 2009-yil iyun oyida tashkil etilgan va veb-sayt 2010-yil 21-iyunda jamoatchilikka taqdim etilgan[1]. 2013- yildan boshlab, ushbu sayt savol-javob platformasidan tashqari, foydalanuvchilariga blog yozish imkoniyatini ham yaratdi[2]. 2020-yildan boshlab yigirma toʻrtta tilda faoliyat olib bormoqda[3].
Quora, Inc. | |
---|---|
![]() | |
Sayt turi | Python, C++ |
Muassisi |
Adam d’Anjelo (bosh direktor) Charli Cheever (CFO) |
URL | quora.com |
Quoraʼda savollar beriladi va boshqa foydalanuvchilar javob beradi. Foydalanuvchilar savollarni oʻzgartirish va boshqa foydalanuvchilarning javoblariga oʻzgartirishni tavsiya qilishlari mumkin[4]. Foydalanuvchilar oʻzlarining haqiqiy ismi bilan roʻyxatdan oʻtishlari kerak.
2014-yilda olingan sarmoya bilan kompaniyaning bahosi 900 million dollarga yetdi[5].