Qoʻngʻirot
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qoʻngʻirot (qoraqalpoqcha: Qońırat) (1969-yilgacha Jeleznodorojniy shaharchasi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shahar. Amudaryo deltasida, uning chap sohilida, Xoʻjayli — Beynov avtotrassasi boʻyida joylashgan. Qoraqalpogʻistonning shimoliy-gʻarb tomonida Amudaryoning chap tomonida Orol dengiziga 60 chaqirimdan ziyod oraliqda, okean qaddidan 61 metr balandlikda joylashgan qadimgi shahar[2]. Nukus — Beynov temir yoʻl yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi bor. Nukus shahridan 134 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Aholisi 69,2 ming kishi (2005)[3].
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Qoʻngʻirot (maʼnolari).
Qisqa faktlar Qoʻngʻirot qoraqalpoqcha: Qońırat, Mamlakat ...
Qoʻngʻirot qoraqalpoqcha: Qońırat | |
---|---|
shahar | |
43°02′59″N 58°51′15″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Respublika | Qoraqalpogʻiston |
Qachondan beri shahar | 1963 |
Rasmiy til(lar)i | Qoraqalpoq tili, oʻzbek tili. |
Aholisi (2018) |
80,09 ming[1] |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Yopish