Qoshgʻariy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy (Mahmud al-Qoshgʻariy, Mahmud Qoshgʻariy, Qoshgʻariy, yaʼni qoshgʻarlik Mahmud; 1028- yoki 1029-yil Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahrida tugʻilgan — 1101- yoki 1126-yilda Qoshgʻar yaqinida — Oʻpalda vafot etgani taxmin qilinadi) — turkiy tilshunos olim, filolog.
Qisqa faktlar Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy, Asl ismi ...
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy | |
---|---|
Asl ismi | arabcha: |
Tavalludi |
1028 yoki 1029 |
Vafoti |
1101 yoki 1126 Qoshgʻar yaqinidagi Oʻpal |
Taxallusi | Qoshgʻariy |
Kasbi | Turkshunoslik |
Ijod qilgan tillari | Turkiy tillar |
Shoh asari | „Devonu lugʻotit turk“ |
Yopish
Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072—1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi[1].