From Wikipedia, the free encyclopedia
Qora quti ovozni yozib oluvchi uskuna va parvoz maʼlumotlarini qayd etuvchi detektordan iborat qurilma boʻlib, manashu ikki moslama umumiy qilib qora quti deb ataladi.[1]
Uning rangi esa umuman qora emas, balki zargʻaldoq rangda boʻladi. Uni qora deyilishi esa halokatlar bilan bogʻliq. Hozirgi tijoriy va korporativ laynerlarning barchasi ushbu qurilma bilan jihozlangan boʻladi.
Qora qutidagi ovoz yozish uskunasi uchuvchilar nima deyayotgani hamda atrofdagi boshqa ovoz va shovqinlarni yozib oladi. Bu esa uchuvchilarning ohirgi soʻzlari nima boʻlgani, halokatga nima sabab boʻlgani aniqlash hamda imknonini beradi. Parvoz maʼlumot detektori esa vaqt, parvoz balandligi, tezlik hamda samolyot qay tarafga uchayotgani haqidagi maʼlumotlarni qayd etib boradi.
Hozirgi zamonaviy detektorlar yuqorida sanab oʻtilganlarga qoʻshimcha ravishda boshqa koʻplab maʼlumotlarni qayd etib borish imkoniyatiga ega. Qora quti oʻzida ohirgi 25 soatlik maʼlumotlarni saqlab qola oladi. Quti topilgach, unda saalanib qolgan maʼlumotlar mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib, halokat sabablari ommaga eʼlon qilinadi. U odatda samolyot dum qismiga oʻrnatiladi.
Qora qutiga ULB deb nomlangan uskuna oʻrnatilgan boʻlib, quti suvga tushishi yoki yerga urilishi bilan haraktga kelad va signal yuborishni boshlaydi. U 426 metr chuqurlikdan signal bera oladi. Qora quti juda mustahkam qilib ishlangan boʻlib, u −55° sovuq hamda +70 °C daraja issiqqacha chidamli korpusga ega. Hatto portlash zarbi yoki yongʻin ham quti ichidagi detektorlarga zarar yetkazmay, maʼlumotlarni bus-butun saqlanishini taʼminlaydi. Lekin, baʼzida qutining signal yuboruvchi qismi ishdan chiqib, quti topilishini ancha qiyinlashtirishi mumkin. Baʼzida qora quti umuman topilmasligi yoki uzoq vaqtda topilishi mumkin.
2009-yilda Air France aviokompaniyasiga tegishli Airbus A330-203 layneri Rio de Janeirodan Parijga uchayotib bortida 216 yoʻlovchichisi bilan Atlantika okeaniga qulab tushdi. Halokatda hech kim tirik qolmadi. Uning qora qutisini topishga esa 2 yil vaqt ketdi va tahlillar natijasi halokatga uchuvchi sabab boʻlganini koʻrsatdi.
Qora quti Avstarliyalik olim Devid Uorren tomonidan 1950-yillarda ixtiro qilingan boʻlib, bu ixtiroga uning Comet nomli samolyot halokatini tekshirishga jalb qilinishi sabab boʻlgan. 1957-yilda birinchi qora quti uskunalari ishlab chiqarildi hamda 1960-yilda Avstraliyada sodir boʻlgan sirli halokat uning birinichi sinovdan oʻtishi boʻldi. Halokat siri qora quti yordamida osonlikcha tushuntirib berilgach, bunday qutilarni barcha samolyotlarga oʻrnatishni boshladilar.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.