Qoʻngʻirot tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qoʻngʻirot tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927-yil 24-iyulda tashkil etilgan[2]. 1963-yil Xoʻjayli tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-yil 22-fevralda qayta tuzilgan. Shimoli-sharqdan Moʻynoq tumani, sharqdan Amudaryo orqali Boʻzatov, janubi-sharqdan Qanlikoʻl, Shoʻmanay tumanlari, janubdan Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, gʻarb va shimoldan Qozogʻiston Respublikasining Atirau va Aqtoʻbe viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 74,49 ming km2. Hududi jihatidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari ichida eng kattasi. Aholisi 113,2 ming kishi (2005)[3]. Tumanda 1 ta shahar (Qoʻngʻirot), 6 shaharcha (Jasliq, Oltinkoʻl, Oqshoʻlaq, Elobod, Qoraqalpogʻiston, Janubiy Ustyurt), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Ajiniyoz, Navroʻz, Ornek, Ravshan, Suenlli, Ustyurt, Xorazm, Qipchoq, Qoʻngʻirot) mavjud. Markazi — Qoʻngʻirot shahri[4].
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qoraqalpogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Qoʻngʻirot |
Asos solingan sanasi | 1930 |
Hokim | Bekzod Madaminov [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek,Qoraqolpoq |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
43°4′12″N 58°54′0″E |