![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bb/Vulpes_vulpes_ssp_fulvus_6568085.jpg/640px-Vulpes_vulpes_ssp_fulvus_6568085.jpg&w=640&q=50)
Qizil tulki
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qizil tulki (lotincha Vulpes vulpes) yirtqichlar oilasiga mansub va mavjud tulkilarning eng kattasi hisoblanadi. Ularni butun Shimoliy yarim sharda, yaʼni Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyoning koʻp qismi va Shimoliy Afrikaning ayrim qismlarida uchratish mumkin. Ular IUCN (International Union for Conservation of Nature) tomonidan „Xavotirsiz“ hayvonlar roʻyxatiga olingan. Ularning Avstraliyaga olib kelinishi, sutemizuvchilar va qushlar populyatsiyasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aytildi. Buning natijasida ular „Dunyoning 100 ta eng tez tarqaluvchi turlari“ roʻyxatiga kiritilgan[2].
Qizil tulki | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | ||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||
| ||||||||
![]() Qizil tulki yashash hududi | ||||||||
Qizil tulki Oʻrta Villafranchian davrida Yevroosiyodagi kichikroq tulkilarning ajdodlaridan kelib chiqqan[3], va muzlik davridan koʻp oʻtmay shimoliy Amerikada tarqalgan[4]. Qizil tulkilar boshqa tulkilarga qaraganda yirtqichroq hisoblanadi[5]. Qizil tulkilar kattaligidan tashqari yangi muhitga tezroq moslashishi bilan, boshqa tulki turlaridan farq qiladi. Nomiga qaramay, ularning tanasi asosan boshqa ranglarda boʻladi, yaʼni ularning tanalari leykistik va melanistik ranglarni ishlab chiqaradi[5]. Hozirda qizil tulkilarning 45 ta kichik turi tanilgan. Ular oʻz ichida ikki turga boʻlinadi:
- Yirik shimoliy tulkilar
- Osiyo va Afrikadagi kichik tulkilar[5].
Odatda qizil tulkilar juft yoki kichik-kichik guruhlardan iborat boʻladi. Masalan, juftlik va ularning bolalari guruhi, yoki qarindosh boʻlgan bir nechta urgʻochi va erkaklar guruhi kabi oilalardan iborat boʻladi. Yangi juft boʻlgan qizil tulkilar bolasiga gʻamxoʻrlik qilish maqsadida ota-onasi bilan qoladi[6]. Bu tur asosan mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi, ammo ular quyon, olmaxon, qushlar, sudralib yuruvchilar, umurtqasizlar[5] va yosh tuyoqli hayvonlarni ham ovlashi mumkin[5]. Baʼzida meva va sabzavotlar ham isteʼmol qilishadi[7]. Qizil tulki kichikroq yirtqichlarni, shu jumladan boshqa tulki turlarini oʻldirishga qodir boʻlsa-da, ular boʻrilar, koyotlar (itsimon hayvonlar), shoqollar, burgutlar, Yevroosiyo burgut-boyqushlari[8] va katta oʻlchamli mushuklar(felinlar)[9] tomonidan oʻldirilishi mumkin.
Odamlarning bu tur bilan aloqadorligi uzoq tarixga ega. Afsonalarga koʻra, odamlar qizil tulkilarni zararkunanda va moʻynali hayvonlar sifatida keng ovlashgan. Qizil tulkilar soning koʻp boʻlishi ularni moʻyna savdosi uchun asosiy hayvon boʻlishiga sababchi edi[10] :229–230. Odamlar uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan qizil tulkilar, odamlarning yashash joyidan keng foyda koʻrdi. Masalan, koʻplab shahar atrofi va shahar hududlarini muvaffaqiyatli egallab oldi. Rossiyada qizil tulkini xonakilashtirish ishlari olib borildi va buning natijasida, xonakilashtirilgan qizil tulkilar paydo boʻla boshladi.