From Wikipedia, the free encyclopedia
Qirollik albatrosi[1] (lotincha: Diomedea epomophora) — albatrossimonlar oilasiga mansub dengiz qushlarining bir turi (Diomedeidae). Qirollik va sayohat qiluvchi albatroslar uchuvchi qushlarning orasida eng katta qanotga ega qushlar hisoblanadi. Ilgari ular bir tur hisoblangan. Albatrosning oʻrtacha umri 58 yil. Qirollik albatrosining past unumdorligi va uzoq rivojlanishi katta qushlarning uzoq umr koʻrishi va oʻlim darajasining kam holati bilan bogʻlanadi. Statistik ma'lumotlarga koʻra, har yili yuzta albatrosdan faqat 3 tasi nobud boʻladi.
Qirollik albatrosi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Albatrossimonlar |
Urugʻ: | Albatroslar |
Turlari: | Qirollik albatrosi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Diomedea epomophora Lesson, 1825 | |
Sinonimlari | |
| |
Albatros uchun eng katta xavf — bu atrof-muhitning ifloslanishidir.
Barcha albatroslar singari, u havo oqimlaridan foydalanadi va kuchli shamollarda soatiga 100 km tezlikka erishadi — bu energiyani tejashga yordam beradi.
Qirollik albatrosining uzunligi 107-122 sm ga yetadi. Odatda qanotlari 280-320 sm, ba'zan esa undan ham uzunroq boʻlishi mumkin. Ogʻirligi 8 kg.
Qushning tana vazni parvoz paytida teng taqsimlanishi uchun uning qanotlarning yuzasi katta boʻlishi kerak. Uning uzun, mushakli qanotlari uchishda katta yordam beradi.
Qirollik albatrosi turlari 2 kichik turga boʻlinadi: Shimoliy qirollik albatros (Diomedea epomophora epomophora) va Janubiy qirollik albatrosi (Diomedea epomophora sanfordi). Birinchi kichik turda qanotlarning yuqori tomoni toʻq jigarrang patlar bilan qoplangan, ikkinchi kichik turda ular oq rangda boʻladi.
Qirollik albatrosi 6—10 yoshda balogʻatga yetadi. Ular bir dona oq tuxum qoʻyadi. Tuxumning inkubatsiya jarayoni 80 kun davom etadi. Joʻjani boqish 34—38 kun davom etadi. Ularning koʻpayish davri noyabr — dekabr oylariga toʻgʻri keladi. Tinch okeanining janubidagi Chatem, Kempbell va Oklend orollarida va Yangi Zelandiya janubida koʻpayadi.
Qirollik albatrosi sakkizoyoq va baliqlarni iste'mol qiladi, ba'zida oʻlik baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi[2]. Uning ozuqa qidirish faoliyati odatda uyasidan 1250 km radiusda amalga oshiriladi[3]. Sayohat qiluvchi albatroslar juda katta masofalarni bosib oʻtgan boʻlsalarda, qirollik albatroslari sayozroq suvlarda va qitʼa shelflariga yaqinroq boʻlib, ulardan koʻra koʻproq ozuqa qidirishadi[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.