![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c7/Flag_of_Kyrgyzstan.svg/languz-640px-Flag_of_Kyrgyzstan.svg.png&w=640&q=50)
Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qirgʻiziston Respublikasining futbol boʻyicha milliy terma jamoasi (qirgʻizcha. Qirgʻiziston uluttuk futbol kuramasy / Qyrğyzstandyn uluttuq futbol kuramasy) — xalqaro turnirlardagifutbol oʻyinlarida Qirgʻiziston nomidan ishtirok etuvchi terma jamoa[2]. Boshqaruv tashkiloti 1994-yildan buyon AFC va FIFA aʼzosi boʻlgan Qirgʻiziston Futbol Federatsiyasi, shuningdek, FACA aʼzosi hisoblanadi. 2014-yilning oktyabr oyidan buyon terma jamoa bosh murabbiyi rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin hisoblanadi. Terma jamoaning asosiy sardori Valeriy Kichin. Terma jamoa uy uchrashuvlarini Bishkekdagi 23 000 tomoshabinga moʻljallangan va mamlakatdagi eng katta va asosiy stadion boʻlgan Dolen Omurzakov stadionida oʻtkazadi.
![]() | |||
Tahallusi | Ак шумкарлар (Oq lochinlar) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Qirgʻiziston futbol ittifoqi (QRFF) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | CAFA (Markaziy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy |
![]() | ||
Sardor | Valery Kichin | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Mirlan Murzayev (54) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Mirlan Murzayev (15) | ||
Uy stadioni | Dolen Omurzakov Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 95 — Iyun 2022, | ||
Eng yuqori | 75 (Aprel-May 2018,) | ||
Eng past | 201 (Mart 2013,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
![]() ![]() (Toshkent, Oʻzbekiston; 23 Avgust 1992)[1] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
![]() ![]() (Bishkek, Qirgʻiziston; 10 Oktyabr 2019) ![]() ![]() (Osaka, Yaponiya; 11 Iyun 2021) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
![]() ![]() (Damashq, Suriya; 4 Iyun 1997) | |||
Osiyo Kubogi | |||
Ishtiroki | 2 (Ilk marta 2019-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | 16-roud (2019) | ||
WAFF Chempionati | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2000-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Guruh bosqichi (2000) | ||
OFK Chaqiruv Kubogi | |||
Istiroki | 3 (Ilk marta 2006-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Uchinchi oʻrin (2006) |
2022-yil iyun holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston terma jamoasi FIFA reytingida FIFAga aʼzo 210 ta davlat orasida 95-o‘rinni egallab turibdi.[3] Ushbu jamoaning FIFA reytingidagi eng yuqori oʻrni 2018-yilning aprel oyida qayd etilgan boʻlib, u 75-oʻrinda edi, eng past oʻrin esa 2013 yilning mart oyida qayd etilgan, yaʼni jamoa 201-oʻrinda boʻlgan edi.
Qirg‘iziston Respublikasi terma jamoasi hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan va yaqin vaqtgacha birorta ham Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, 2018-yilda saralashdan o‘ta oldi va o‘z tarixida birinchi marta 2019-yilning final bosqichiga chiqdi. Yaqin-yaqingacha Osiyo va dunyoning eng kuchsiz jamoalaridan biri bo‘lgan bo‘lsa, keyingi ikki-uch yilda yangi bosqichga ko‘tarilib, Osiyo qitʼasining yaxshi jamoasiga aylandi.