From Wikipedia, the free encyclopedia
Qaragʻandi (qozoqcha: Қарағанды) — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi. Temir yoʻl bekati. Aholisi 475 267 kishi (2012). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻandi viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zavodlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻandi bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (19-asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandining markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.
Qarag'andi Қарағанды | |
---|---|
shahar | |
49°48′0″N 73°7′0″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Qarag'andi viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Abdishev Baurjan Tuyteevich |
Asos solingan | 1931 |
Ilk eslatilishi | 1934 |
Maydon | 550 km2 (210 kv mi) |
Markazi balandligi | 553 m |
Aholisi (2013) |
479 211[1] |
Zichligi | 846 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar 50,57 % qozoqlar 36,25 % ukrainlar 4,80 % olmonlar 3,31 % tatarlar 3,05 % koreyslar 1,57 % beloruslar 1,16 % [2][3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7212 |
Pochta indeks(lar)i | 100000-100030 |
Avtomobil kodi | M |
|
Aholisi boʻyicha qaragʻandi viloyatida birinchi oʻrinni egallaydi — 475 267 kishi. (2012)[1] Qozogʻiston boʻyicha 4 oʻrinni egallaydi (Olmota, Ostona va Chimkentdan shaharlaridan keyin). Shahar aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]
2006-yilgi hisobot boʻyicha aholining 1000 kishiga umumiy koeffisientlari:
Shaharda 01.01.07 yilgi 10371 tadbirkorlik sub’ekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 92 katta, 397 oʻrta, 9882 kichik sub’ektlardir.
Shaharning asosiy korxonalari: „Qaragʻandi-Jariq“ MChB, „Qaragʻandi Margarin zavodi“ AJ, „EFES Qaragʻandi pivo zavodi“ AJ HT, „Qaragʻandi konfeti“ AJ, Qaragʻandi metallokonstruktsiya zavodi „Imstal’kon“ AJ filiali, „Qaragʻandi Jilu“ MCHB. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari:
Qaragʻandi hududida qishloq xoʻjaligi hosil olish uchun 10,3 ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydaniladi, shu jumladan 3,0 ming gektari — ekinzorlar. 2006-yilgi bugʻdoyga 2,9-ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydalandi, uning 0,1-ming getarini sholi oʻsimliklari, 1,3-minh gektarini kartochka, 0,5-ming gektarini koʻkatlar oladi. 2006-yili 0,1-ming tonna sholi oʻsimliklar, 23,5-ming tonna kartochka, 12,5-ming tonna koʻkatlar, 0,7-ming ttonna goʻsht (tiriklay hisobda), 3,5-ming tonna sut; 1991,0-ming ta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda Buqa va sigirlar soni 3,0-ming ta; qoʻy va echki — 1,1-ming ta; choʻchqa — 2,4-ming ta; yilqi — 0,1-ming ta; qush — 22,8-ming tani tashkil qildi.*
Shaharda 2006/2007 oʻquv yili boʻyicha
• 3 teatr,
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.