From Wikipedia, the free encyclopedia
Qanotli raketa — bu bitta uchuvchi raketa quroli boʻlib, uning parvoz yoʻli qanotning aerodinamik koʻtarilishi, dvigatelning kuchi va tortishish kuchi bilan belgilanadi[1].
Samolyot (klassik) sxema boʻyicha ishlab chiqilgan qanotli raketaning eskirgan nomi — snaryadli samolyot boʻlgan ammo bu atama hozirgi kunga kelib foydalanishdan chiqib ketgan. Sababi shundaki u „planning bombs“ deb ham atalgan va shu sababdan ham bu chalkashlikka olib kelgan. Koʻpincha, „qanotli raketa“ atamasi inglizcha „sruise missile“ atamasining ekvivalenti deb qaraladi, ammo ikkinchisi faqat nishonga parvozning katta qismi doimiy tezlikda amalga oshiriladigan boshqariladigan raketalarni nazarda tutadi.
Samolyotlar bilan taqqoslaganda, qanotli raketaning asosiy afzalligi uning uchuvchisiz boshqarilish qobiliyati hisoblanadi, bu ham odamlarni qutqarish, ham uning hajmini kamaytirish va shu bilan aniqlashni qiyinlashtiradi. Qanotli raketalar bir martalik foydalanish uchun moʻljallanganligi sababli, ular dvigatel va boshqa birliklarning manbalariga nisbatan kamroq qatʼiy talablarga boʻysunadi.
Amalda, boshqarilmaydigan raketalar (chang dvigatelli) Yevropada 19-asrning boshlarida keng qoʻllanila boshlangan.
Shu bilan birga, Britaniyada harbiylarning buyrug'i bilan Archibald Lou dirijabllarni va yerdagi nishonlarni yoʻq qilish uchun radio boshqariladigan „uchar bomba“ ustida ishlashgan. Birinchi parvoz urinishi 1917-yil 21-martda amalga oshirilgan va halokat bilan yakun topgan. Shunga oʻxshash loyiha Genri Folland tomonidan ham ishlab chiqilgan. Samolyotning uzunligi taxminan 6-7 metr, ogʻirligi taxminan 230 kg va dvigateli 35 ot kuchiga ega boʻlgan. Bu modifikatsiya „Aircraft Establishment Royal Aircraft Factory“ tomonidan ishlab chiqarilgan. 1917-yil iyul oyida uchta muvaffaqiyatsiz parvoz urinishlari natijasida bu loyihaning ham yopilishiga toʻgʻri kelgan.
Qanotli raketalari boʻlingan
Hozirgi vaqtda kemalar, raketa katerlari va suv osti kemalari dengizdan uchiriladigan qanotli raketalar bilan jihozlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.