From Wikipedia, the free encyclopedia
Ingliz buldogi qadimgi- yo'qolib ketgan it zotidir .[1] Bu zot odatdagi itlardan ko'ra kichikroq, keng va muskullari yaxshi rivojlangan bo'lgan bo'lib,"Crib va Rosa" rasmida aks ettirilgan [2]. Jon Skottning o'ymakorlik usuli orqali yaratilgan bu rasm o'sha davrdagi itlarning eng mashhur va eng ko'p takrorlandigan rasmiga aylangan. 1865-yilda Philo-kuonning me'zonlarida ta'riflanganidek, o'rtacha balandligi taxminan 15 dyum (380 mm) va ularning vazni taxminan 45 funt ( 20 kg) atrofida bo'lgan[3] .
Ingliz qonli sportida buqalarni o'lja sifatida ovlashda buldoglar yordamidan foydalanilgan. Bu qadimgi ingliz buldogining ixtisoslashgan zotni yaratishga imkon berdi[4][5][6]. Ushbu ko'rgazmalar uchun Londondagi asosiy joylar sifatida Westminster Pit, Beargarden va Old Conduit Fields maydonlaridan foydalanilgan.
Tarixchilar qadimgi ingliz buldogi o'tmishdagi mastif yoki yo'q bo'lib ketgan Alaunt iti kabi qadimgi jangovar itlardan kelib chiganligiga ishonishad[7][8]. Boshqa olimlar esa, zotning asl kelib chiqishi haqida to'liq aniq emas deb hisoblashishadi. Qadimgi nashrlardagi tasvirlar shuni ko'rsatadiki, bu zot, shubhasiz, nisbatan uzun boshli kichik mastifniki kabi edi. Oxir-oqibat, bu kichik mastiflarni tasvirlashda "Mastiff" so'zi olib tashlandi, chunki katta mastif zotlari buqalarni o'ldirish uchun foydalanib bo'lmasligi ma'lum bo'lgan.
Bu zotning yana ikkita mashhur vakillarini 1817-yilgi "Beshik va Roza" rasmida ko'rish mumkin, Roza bosh va bo'yin atrofidagi ajinlar va yuzidagi burishiqlar kam bo'lsa ham, qadimgi ingliz buldogining ideal turining shakli va o'lchamini tasvirlaydi. Oyoq-qo'llarda yaqqol namoyonlikni ko'rish mumkin. Ko'pgina yozuvchilar bizga yo'q bo'lib ketgan buldog haqida turli xil ma'lumotlar va ta'riflar berishadi, ammo Uilyam Hamilton Maksvellning ushbu ta'rifi eng keng tarqalganlaridan biri sifatida ajralib turadi:
Buldog (Canis Molossus). O'ziga xos shakldagi it hisoblanadi va jasorati bilan ajralib turadi.
Buldog itining bo'yi past, ko'kragi chuqur, yelkalari va sonlari kuchli bo'lib, ikkala mushaklari ham juda yaxshi rivojlangan. Uning boshi keng, burni qisqa va pastki jag'i yuqoridan tashqariga chiqib turadi, bu unga shafqatsiz va qo'pol jihatni beradi. Uning ko'zlari bo'rtib chiqgan va ko'zga yaqqol tashlanadigan, o'ziga xos shubhali nigohi bor. Burun teshigining kengayishi ham unga nafratli ko'rinish beradi; va tishlari doimo ko'rinib turishi, u doimo jilmayib turadigan ko'rinishni xosil qiladi. U tabiatan juda xotirjam. Lekin u itlar qabilasining eng shafqatsiz va kuchli turi bo'lib, uni dunyodagi barcha mavjudotlarga qaraganda jasur deb hisoblash mumkin, chunki u qanchalik katta hayvon bo'lishidan qat'i nazar, u har qanday hayvonga hujum qila oladi. Garchi buldog itining miya quvvati boshqa turlarga qaraganda ancha kichik; Shubhasiz, ensefalonning kam bo'lishi biz uning aql bilan bog'liq har jarayonlarda boshqalarga qaraganda pastligini bilishimiz kerak. Buldog it har qanday o'qitish mashg'ulotlariga deyarli qodir emas va jangovarlik va shafqatsizlikdan boshqa narsaga mos emas.
Bu hayvon o'z nomini o'zining buqaga hujum qilishda foydalanganligida olgan va u hozirgi kunda ham, bu shafqatsiz o'yin-kulgi sifatida hali ham qo'llaniladi.
Buldog itining har qanday hayvonlarga g'azablanishidan, o'zini tutib bo'lmasligidan, yengilmas qaysarligidan xech qaysi hayvon oshib keta olmaydi. Buqaga hujum qilganda, u har doim uning olding tomonga hujum qiladi, dushmanini odatda labiga, tiliga yoki ko'ziga mahkam bog'lanib qo'yib yubormay ushlab oladi Bu hayvonning ajoyib kuchi va qudratining yaqqol isboti. Qachonki buqa it hayvon tanasining har qanday qismiga hujum qilsa, bu har doim uning qonli holat bilan tugaydi. Kuchukchalar buqaga hujum qilishni olti oylik bo'lganida boshlaydi. Agar ruxsat berilsa, tanlovdan voz kechgandan ko'ra, o'zlarini yo'q qilishlarini afzal ko'rishadi.
Bo'ldiglar tabiatshunoslar tomonidan Britaniyaning o'ziga xos va noyob irqlaridan biri ekanligi e'tirof etilgan va u o'ziga xosligi bo'yicha cho'pon iti va irland tazisi bilan bir qatorda turadi. Angliyaning turli tumanlarida bu zot hali ham o'zining asilligini, itlar bilan urishtirish va jang qilishdan zavqlanadigan odamlar tomonidan saqlanib qolgan; bu ikkala o'yin-kulgi, xuddi g'ayrinsoniy bo'lsa ham, lekin u o'yin kamayib bormoqda.
- Uilyam Hamilton Maksvell. Dala kitobi, 1833-yil (80 va 81-betlar)
Angliyada 1835 -Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo'lish to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi buqalarni o'ldirish va itlar bilan jang qilishning pasayishiga olib keldi, buning oqibatida esa qadimgi ingliz buldogiga bo'lgan qiziqishning yo'qolishiga olib keldi. Gamilton gertsogining qadimgi ingliz buldogi, Wasp, Child va Billi zotlari bo'lgan uchta it rasmda tasvirlangan, Ma'kumotlarning takidlashishicha bu rasmda tasvirlangan itlar yo'q bo'lib ketishidan oldingi zotning so'nggi ma'lum a'zolari sifatida tarix varoqlaridan joy olgan.
Itlar jangini noqonuniy deb hisoblanishiga qaramay, bu jarayon uzoq yillar davom etdi. Seleksionerlarning ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, qadimgi ingliz buldogi va qadimgi ingliz teriyeri o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni borligini aniqladilar va ikkala zotni chatishtirissh orqali tezkorlik va epchilliki yuqori bo'lgan jangovar itni yaratdilar. Buqa va teriyer deb ataladigan bu yangi it zoti Staffordshire buqa teriyeri, buqa teriyeri va amerikalik pitbull teriyerining maxsuli hisoblangan bo'lib qadimgi ingliz buldogining yo'q bo'lib ketishini tezlashtirdi.
Ko'pincha qadimgi ingliz buldogi bilan chalkashib ketiladigan ingliz buldogi o'zining g'ayritabiy oddiylik tabiati bilan ajralib turadi; unda qadimgi ingliz buldogining aniq xususiyatlari yo'q edi yani, tezlik va chaqqonlik[9].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.