From Wikipedia, the free encyclopedia
Pulsarlar [ing. pulsars, Pulsating Sources of Radioemission (radionurlanishlarning pulyelanuvchi manbalari) soʻzlarining qisqartmasidan] — davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik obʼyektlar. P. nurlanishi 10 sm dan 10 m gacha kuzatiladi, uning maksimumi metrli radiodiapazonga toʻgʻri keladi. Birinchi P. 1967-yilda ingliz radioastronomlari tomonidan kashf etilgan. Hozirgi kungacha 100 dan ortiq P. topilgan. Bu P.ning pulsa-siyalanish davri 0,033 dan 3,75 sekundgacha boʻlgan oraliqda sodir boʻladi. P. davri asta-sekin ortadi. Davrning ikki marta ortishi uchun ketadigan vaqt million va bir necha oʻn million yil-ga, yaʼni P. yoshiga barobar vaqtga teng boʻladi. Masalan, Qisqichbaqasimon tumanlik ichidagi P.ning davri 2400-yilda, "Yelkanlar" yulduz turkumida chaknagan oʻta yangi yulduz markazidagi P.niki 24 ming yilda ikki martagacha uzoklashadi. Bu P. eng yosh hisoblanadi va davri eng qisqa, chunki ular atrofida gaz qobigʻi kuzatiladi. Uzun davrli P. keksa sanaladi, ular atrofidagi gaz qobigʻi fazoga sochilib ketgan. Yosh P.da davrni sakrab kamayishi kuzatiladi.
P. nurlanishining alohida impuls lar tarzida kuzatilishi tez aylanayotgan va projektor singari yoʻnaltirilgan nurlanish sochayotgan yulduzlar boʻlsa kerak, degan xulosaga olib keladi. Ketmaket impulyelar oraligʻi yulduzning aylanish davriga teng. Kichik davr bilan aylanuvchi yulduzning oʻzi ham juda kichik (radiusi bir necha km) boʻlishi kerak. Bunday yulduz oʻta yangi yulduzning chaqnashi natijasida hosil boʻlgan neytron yulduz boʻlishi mumkin. P. orasida rentgen nurlanishi pulsatsiyalanuvchilari ham bor. Bunday P. rentgen P. deb ataladi va ular zich qoʻshaloq yulduz tizimiga kiruvchi neytron yudduzga qoʻshni yudduzdan oqib tushayotgan modda energiyasi hisobiga rentgen nurlanish sochadi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.