Ptolemey Klavdiy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ptolemey Klavdiy (taxminan milodiy 170-yilda vafot etgan) — yunon olimi. Iskandariyada astronomik kuzatishlar olib borgan. Ptolemey „Almagest“ va „Surat ul-arz“ nomli mashhur asarlar muallifi. „Almajistiy“ asari oʻsha davrgacha boʻlgan astronomiya fani yutuqlarining geotsentrik sistemadagi bayonidir.
Ptolemey Klavdiy | |
---|---|
Ptolemey Klavdiyning portreti Justus van Gent va Pedro Berruguete tomonidan yaratilgan (1476-yil) | |
Tavalludi |
100[1] |
Vafoti | 170[2] |
Fuqaroligi | Qadimgi Rim |
Sohasi | Astronomiya, geografiya, astrologiya, optika |
Mashhur ishlari | Ptolemey olami, Ptolemey dunyo xaritasi, Ptolemeyning intensiv diatonik shkalasi, Ptolemeyning akkordlar jadvali, Ptolemey tengsizligi, Ptolemey teoremasi, tenglama, evektsiya, kvadrant |
Ptolemeyning „Geografiyadan qoʻllanma“ asarida muhim geografik maʼlumotlar bilan birga koʻplab geografik joylar, jumladan, Oʻrta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Koʻlob, Kos, Binkat, Shosh, Zomin, Forob, Fargʻona kabi shahar va viloyatlarining geografik koordinatalari keltirilgan. Ptolemeyning asarlari Sharqda astronomiya, matematika va geografiyaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Beruniy „Qonuni Maʼsudiy“ asarini yozishda Ptolemeyning asarlariga asoslangan. Ptolemeyning matematika, astronomiyaga bagʻishlangan „Analemma“, „Planisferiy“, „Oʻlchamlar haqida“ va boshqa asarlari maʼlum. Optikaga oid 5 jildli risolasi tamoman yoʻq boʻlib ketgan deb hisoblanardi. Lekin 1801-yil uning arabchadan lotin tiliga qilingan toʻliq tarjimasi topilgan.