Pterigium
From Wikipedia, the free encyclopedia
Koʻz pterigiumi - konʼyunktiva shilliq qatlamining ichki, shox pardaning tashqi qismidan oʻsib chiquvchi muskulli oʻsimta[1]. Odatda shox pardaning medial qismidan boshlanadi va asta-sekinlik bilan oʻsib boradi[3]. Lekin kamdan-kam hollarda koʻz qorachigʻini yopib qoʻyadigan darajagacha kattalashib, koʻrish funksiyasini buzib qoʻyadigan holatlarga olib keladi[1]. Ikkala koʻzda ham bir xilda uchrashi mumkin[4].
Pterigium | |
---|---|
Belgilari | Uch burchak shaklidagi to`qimalarning o`sishi, ko`z qizarishi[1] |
Mutaxassislik | Oftalmologiya |
Differensial tashxis | Pingviakula |
Oldini olish | Quyosh nurlaridan saqlovchi ko`zoynaklar[1] |
Davolash | Jarrohli yo`li bilan davolanadi |
Prognoz | Yaxshi |
Uchrash tezligi | 1% dan 33% gacha[2] |
Kasallik kelib chiqishi sababi aniq emas[1]. Lekin xavfli omillari sifatida qisman ultrabinafsha nurlar va changning uzoq muddatli taʼsir qilishini olish mumkin[1][3]. Bu kasallikning kelib chiqishida genetik omil ham katta ahamiyatga ega[5][6].
Pterigiumni oldini olish uchun quyosh nuridan saqlanish maqsadida qora koʻzoynak va shlyapalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir[1]. Bu kasallik koʻrish qobiliyatiga taʼsir qilgan holatlardagina jarrohlik amaliyoti bajarilishi tavsiya etiladi[1]. Jarrohlikdan keyin pterigium taxminan 50 % holatlarda qaytalanishi mumkin[1][6].
Kasallikning uchrash chastotasi dunyoning turli mintaqalarida 1 % dan 33 % gacha oʻzgarib turadi[2]. U ayollarga qaraganda erkaklarda va ekvatorga yaqinroq yashaydigan odamlarda koʻproq uchraydi[2].