From Wikipedia, the free encyclopedia
Psidium guajava, oddiy guava, sariq guava, limon guava yoki olma guavasi nomlari bilan tanilgan Karib dengizi, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikada oʻsuvchi doimiy yashil buta yoki kichik daraxtdir. U hasharotlar tomonidan changlantiriladi.
Oddiy guava | |
---|---|
Mevasi | |
Ilmiy tasniflash | |
O'simliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Rosids | |
Myrtales | |
Myrtaceae | |
Psidium | |
P. guajava | |
Binomial name | |
Psidium guajava | |
Dunyoning tropik va subtropik mintaqalarida keng tarqalgan guava mevalari oʻrikdek kichik oʻlchamdan greypfrutgacha boʻlgan kattalikka ega. Har xil navlar oq, pushti yoki qizil etga, baʼzi navlari qizil (yashil yoki sariq oʻrniga) poʻstloqqa ega.
Urugʻlardan oʻstirilganda, guavalar bir necha oy davomida juda sekin oʻsishi bilan ajralib turadi. Urugʻlardan oʻsib chiqqan oddiy guavalar ikki yil yoki sakkiz yil ichida gullashi va meva berishi mumkin. Tijorat bogʻlarida koʻpaytirish usuli sifatida soʻqmoqlar, payvandlash va havo qatlami koʻproq qoʻllanadi. Moʻtadil mintaqalarda yuqori darajada moslashuvchan guavalarni gultuvakda osongina yetishtirish mumkin, ammo ularning gullash va meva berish qobiliyatini oldindan aytib boʻlmaydi. Baʼzi tropik joylarda guavalar invaziv boʻlishi mumkin. Bu tur Galapagos orollarida katta muammoga aylandi[2].
Oʻsimlik oʻzining xushboʻyligi uchun turli xil shampun mahsulotlarida qoʻllanadi. U, mashhur bonsai turiga aylanib bormoqda, hozirda Hindiston va Sharqiy Osiyoda juda mashhur[3].
P. guajava barglari tarkibida flavonol morin, morin-3-O-liksosid, morin-3-O-arabinosid, quercetin va quercetin-3-O-arabinoside mavjud[4].
Gavayidagi Guava yogʻochi odatda goʻshtni dudlash uchun ishlatiladi. Yogʻoch hasharotlar va qoʻziqorin hujumiga chidamli. Pechda quritilgan yogʻochning zichligi taxminan 670 kg/m3 (1,130 lb/cu yd) ni tashkil qiladi[5].
Psidium guajava anʼanaviy tibbiyotda Markaziy Amerika, Karib dengizi, Afrika va Osiyodagi koʻplab madaniyatlar tomonidan qoʻllangan[6]. Bu oʻsimlik yalligʻlanish, qandli diabet, gipertoniya, kariyes, yaralar, ogʻriqni yoʻqotish, isitma, diareya, revmatizm, oʻpka kasalliklari va oshqozon yarasini davolash uchunishlatiladi[6].
Guava isteʼmol qilinadigan meva boʻlib, uni xom yoki pishirilgan holda isteʼmol qilish mumkin. Mevalarni qayta ishlash orqalu chorva mollari uchun qoʻshimcha ozuqa mahsulotlari olinadi. Barglari ozuqa sifatida ham ishlatilishi mumkin[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.