From Wikipedia, the free encyclopedia
ProQuest LLC Ann Arbor, Michigan shtatida joylashgan global axborot-kontent va texnologiya kompaniyasi boʻlib, u dastavval 1938-yili University Microfilms sifatida Eugene Power tomonidan asos solingan.
Turi | Filial |
---|---|
Tarmogʻi | Axborot va maʼlumot yetkazuvchi |
Egasi |
|
Qachon asos solingan | 1938 | University Microfilms sifatida
Asoschi(lari) | Eugene Power |
Rahbariyat |
|
Vebsayti | proquest.com |
ProQuest kompaniyasi kutubxonalar uchun maʼlumotlar baʼzasi boʻla olganigi uchun mashhur hisoblanadi[1]. U dissertatsiyalar, tezislar, elektron kitoblar, gazetalar, davriy nashrlar, tarixiy kolleksiyalar, davlat arxivlari, madaniy arxivlar va boshqa shu kabi jamlangan maʼlumotlar bazasiga kirishni taʼminlovchi ilovalari va axborot xizmatlariga ega[2]. Uning maʼlumotlar baʼzasi 125 milliardda ortiq raqamli sahifalarga ega ekanligi tahmin qilinadi.
Kompaniya oʻz faoliyatini mikrofilm mahsulotlarini ishlab chiqish bilan boshladi va keyinchalik elektron nashr tizimiga oʻtdiga oʻtdi[3]. Biroz fursat o'tkach, oʻz maʼlumotlar bazasini kengaytirish uchun boshqa kompaniyalar bilan tijorat aloqalarini oʻrnatib, mashhurlikka erishdi[1]. 2021-yil 1-dekabrda Clarivate kompaniyasi Cambridge Information Groupdan ProQuestni 5,3 milliard dollarga sotib oldi, bu kelishiv „kutubxona va axborot nashriyot olamidagi ulkan bitim“ deya taʼriflandi. Clarivatening soʻzlariga koʻra, ushbu kompaniyani sotib olish ortida katta operatsion konsepsiya mavjud boʻlib, uning maqsadi ProQuest mahsulotlari va ilovalarini Web of Science bilan integratsiyalash edi.
ProQuest dastlab mikrofilm ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan edi[4]. 1939-yildan boshlab doktorlik dissertatsiyalarini nashr eta boshladi[5], 3 milliondan ortiq internetdan qidirib topsa boʻladigan dissertatsiya va tezislarni chop etdi va buning natijasi oʻlaroq United States Library of Congress kutubxonasi uchun raqamli arxiv sifatida tasdiqlandi. Kompaniyaning ilmiy kontenti asosan, dissertatsiyalar, tezislar, elektron kitoblar, ilmiy jurnallarni oʻz ichiga oladi[6]. Shuningdek, eski va yangi nashrdagi gazetalar, davriy nashrlar va shu turdagi tadqiqqotchilarni oʻziga jalb eta oladigan kontentlarni ham kiritishimiz mumkin. ProQuest Video Preservation va Discovery servislariga oʻzining video va audio toʻplamlariga kirish, saqlash va foydalanish uchun ruxsat berdi[7].
2014-yil may oyida ProQuest MChJ quyidagi nomlar ostida faoliyat yuritdi[2].
Michigan universitetining 1927-yilda bakalavr va 1930-yilda MBA bitiruvchisi boʻlgan Yevgeniy Pawer 1938-yilda University Microfilms ga asos solgan. Unda Britaniya muzeyidan saqlab qolingan asarlar jamlangan. 1938-yilning iyuniga kelib, Pawer shahar markazidagi Ann Arbor dafn marosimi zaliga tegishli ikkita xonani ijaraga olib, ishlagan.Uning kutubxonasi kolleksiyalarini saqlash uchun mikrofotosuratga ixtisoslashgan edi. Oʻzining avtobiografiya nashrida Power kompaniyasining rivojlanishi, jumladan, University Microfilmsning Ikkinchi jahon urushi paytida OSSga qanday yordam bergani haqida batafsil maʼlumot beradi[15]. Bu ish asosan xaritalar va Yevropa gazetalarini suratga olish bilan bogʻliq boʻlib, ular urush vaqtida xorijga arzonroq va ehtiyotkorlik bilan joʻnatilishi mumkin edi.
Shuningdek, Power dissertatsiyalarni nashr etish bozorini yuzaga kelganligini payqadi . Talabalar odatda doktorlik darajasini tugatish uchun oʻz ilmiy ishlarini nashr etishga majbur boʻlardilar . Dissertatsiyalar kitob sifatida emas, balki mikrofilm sifatida arzonroq nashr etilishi mumkin edi. ProQuest hanuzgacha juda koʻp miqdorda dissertatsiyalar nashr etdi va uning Dissertations and Theses toʻplami (ilgari Raqamli dissertatsiyalar deb atalgan) AQShning Kongress kutubxonasining rasmiy ombori sifatida deb eʼlon qilingan[16].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.