Prezident saroyi (Tirana)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Prezident saroyi (albancha: Pallati presidencial) sobiq Qirollik saroyi (albancha: Pallati mbretëror) va xalq orasida Brigadalar saroyi (albancha: Pallati i Brigadave) nomi bilan mashhur. Albaniya Prezidentining rasmiy qarorgohi hisoblanadi. Saroy Albanlar qiroli Zog I tomonidan asosiy rasmiy qarorgoh sifatida xizmat qilish uchun qurilgan.
Prezident saroyi | |
---|---|
"Pallati Presidencial" | |
Prezident saroyining fasadi | |
Muqobil nomlari | "Pallati i Brigadave" |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Saroy |
Meʼmoriy uslubi | Monumental Ratsionalism |
Joylashuvi | Tirana, Albaniya |
Manzili | Rruga e Elbasanit 58, Tirana 1019 |
Egasi | Albaniya hukumati |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 3 |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Gherardo Bosio |
Prezident saroyi (Tirana) |
1945-yilda u qirollik qarorgohi sifatida xizmat qilishni toʻxtatdi. Chunki mamlakatda monarxistik rejim oʻrniga kommunistlar tomonidan boshqariladigan hukumat keldi. 1946-yildan beri Albaniya hukumati tomonidan rasmiy marosimlar va davlat qabullari uchun foydalaniladi. 2013-yilda prezident Bujar Nishani va uning oilasi saroy hududidagi rekonstruksiya qilingan villaga koʻchib oʻtganida, saroy yana rasmiy qarorgohga aylandi.[1]
Arxitektura jihatidan saroy ratsionalizm uslubida. Bu nafaqat mamlakatda, balki fashistik arxitekturaning kengroq sohasida, shu jumladan Italiyaning oʻzida ham oʻz janrida noyobdir.[2] Uning barelyeflari 1970-yillarda madaniy inqilob davrida pardalar bilan qoplangan, ammo buzilmagan. Shunga qaramay, saroy umuman restavratsiyaga muhtoj.[2] Oʻsha paytdagi yangi (va tugallanmagan) Qirollik saroyining tavsifi Life jurnalining 1939-yil 22-may sonida yoritilgan.