From Wikipedia, the free encyclopedia
Port-of-speyn - Trinidad va Tobago davlati poytaxti. Mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Trinidad orolning shimoli-gʻarbiy qismida. Iqlimi subekvatorial, oʻrtacha temperatura yanvarda 25,8°, iyulda 26,7°; yillik yogʻin 1910 mm. Aholisi 49 ming kishidan ziyod (2000). Atlantika okeanining Pariya koʻltigʻi sohilidagi port. Metallsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, sement sanoat korxonalari, kema verfi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Port orqali chetga neft mahsulotlari, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar chiqariladi. Universitet, milliy muzey, badiiy galereya bor.
Ispanlar kelgunga qadar Port-of-speyn oʻrnida indeyslarning Konkerabiya qishlogʻi boʻlgan. 1783-yildan Ispaniyaning Trinidad o.dagi mustamlakasining maʼmuriy markazi, 1797-yildan Buyuk Britaniya qoʻl ostida. 1962-yildan mustaqil Trinidad va Tobago poytaxti.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.