Polsha bosqini
From Wikipedia, the free encyclopedia
Polsha bosqini (1939-yil 1-sentyabr — 6-oktabr), Sentabr kampaniyasi nomi bilan ham mashhur, 1939-yilgi mudofaa urushi yoki Polsha kampaniyasi (nemischa: ) — Ikkinchi Jahon urushi davrida Polshaning sovet-nemis armiyalari tomonidan egallab olinishi. Sobiq SSSR hamda Fashistik Germaniya oʻrtasida imzolangan Molotov-Ribbentrop paktiga koʻra, nemislar 1939-yil 1-sentabrda Polshaga bostirib kirgan. Sovet armiyasi esa Polshaga 17-sentabrkuni bostirib kirgan. Ushbu bosqin 1939-yil 6-oktabrda sovet-nemis armiyasi gʻalabasi hamda German-Sovet chegara shartnomasi imzolanishi bilan yakunlangan.
17-sentabrda Sovet Qizil armiyasi Molotov-Ribbentrop paktining maxfiy protokoliga koʻra, Kerzon chizigʻidan tashqarida joylashgan hududga bostirib kirdi. Ikkinchi jabhaga duch kelgan Polsha hukumati mamlakat birligini saqlab qolish endi mumkin emas, degan xulosaga keldi va barcha qoʻshinlarni neytral Ruminiyaga favqulodda evakuatsiya qilishni buyurdi. 6-oktabrda Kok jangida Polsha magʻlubiyatidan soʻng Germaniya va Sovet qoʻshinlari Polsha ustidan toʻliq nazoratni qoʻlga kiritdilar. Bosqinning muvaffaqiyati Ikkinchi Polsha Respublikasining tugashini belgiladi.
8-oktabrda, dastlabki harbiy maʼmuriyat davridan soʻng, Germaniya toʻgʻridan-toʻgʻri gʻarbiy Polshani va sobiq erkin shahar Dansigni anneksiya qildi, qolgan hududni yangi tashkil etilgan Uchinchi reyx maʼmuriyati boʻysundirdi. Sovet Ittifoqi oʻzining yangi qoʻlga kiritgan hududlarini Belarus va Ukraina respublikalari tarkibiga kiritdi va darhol sovetlashtirish kampaniyasini boshladi. Bosqindan keyin Polshada partizanlik harakati avj olib ketdi, ular Polshaning gʻarbiy qismida qarshilik harakatlarini boshlab yubordilar.