From Wikipedia, the free encyclopedia
Polaroid – 2019-yilda rejissyor Lars Klevberg tomonidan suratga olingan AQSh gʻayritabiiy dahshatli filmi. Ushbu film 2015-yilda suratga olingan xuddi shu nomdagi qisqa metrajli filmga asoslangan. Syujet oʻrta maktab oʻquvchisi Bird Fitcherning hammaga qorongʻu boʻlgan sirlarni saqlaydigan vintage Polaroid kamerasi haqida boradi. Ushbu filmda bosh rollarni Kathyrn Prescott, Samantha Logan, Tyler Young va Javier Botet ijro etgan.
Polaroid | |
---|---|
Germaniya teatr nashri uchun poster | |
Rejissyor(lar) | Lars Klevberg |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Blair Butler |
Qaysi asarga asoslangan |
Polaroid –Lars Klevberg |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Philip Giffin |
Kinematografiya | Pål Ulvik Rokseth |
Muharrir(lar) | Peter Gvozdas |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor |
|
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 88 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $8.5 million |
Daromadi | $1.7 million[1][2] |
Filmning ssenariysi Blair Butler tomonidan yozilgan, unga Klevberg rejissyorlik qilgan. Asosiy suratga olish 2017-yil 9-martda Galifaks, Yangi Shotlandiyada boshlangan va 2017-yilning may oyida oʻz yakuniga yetgan. Film 2017-yilning avgust oyida namoyish etilishi kerak edi, biroq bir necha marta boshqa muddatga koʻchirildi.
Polaroid 2019-yil 10-yanvarda Germaniyada Wild Bunch tomonidan va 2019-yil 1-iyunda Buyuk Britaniyada teatrlashtirilgan. AQShda 2019-yil 17-sentyabrda VOD-da va 2019-yil 11-oktyabrda diqqatga sazovor teatrlarda Vertical Entertainment tomonidan taqdim etilgan[3][4]. Film tanqidchilar tomonidan asosan salbiy baholandi, tanqidlar filmning toʻsatdan qoʻrquvga soluvchi sahnalari va uning syujetiga qaratilgan edi.
Sara va uning dugonasi Linda marhum onasining buyumlari saqlanadigan qutini koʻzdan kechirayotganida, Polaroid kamerani topib olishadi. Linda Sarani Polaroid kamerasida suratga tushiradi. Linda tezroq ketishi kerakligini aytib, uyni tark etadi. Sara esa uyda yolgʻiz qoladi. Chiroq oʻchganda, Sara bezovta boʻla boshlaydi. U Polaroidga qaraganida, oʻzining suratining orqasida dahshatli soya borligini koʻradi. Sara choʻchib tushadi, ammo uni dogʻ deb oʻylaydi va tozalashni boshlaydi. U chodirda dahshatli tovushlarni eshitadi, u yerni tekshirish uchun yuqoriga chiqadi va oʻsha yerda oʻldiriladi.
Uyatchan oʻrta maktab oʻquvchisi Birdga uning hamkasbi Tyler eski Polaroid kamerasini sovgʻa qiladi. Kameraning ustiga „RJS“ harflari oʻyib yozilgan edi. Bird kamerani sinab koʻrish uchun Tylerni suratga oladi, lekin keyinroq uning suratida gʻalati dogʻga oʻxshash soyani payqaydi.
Bird oʻzining eng yaqin dugonasi Kasey bilan liboslar kechasida qatnashadi. U oʻzining Polaroid kamerasida doʻstlarini suratga oladi. Ayni paytda, Tyler nomaʼlum shaxs tomonidan oʻldirilgan edi, bu haqida Sherif Pembroke Birdga xabar beradi. Bird Tylerning fotosuratidagi soya gʻoyib boʻlganini va u Averyning suratida paydo boʻlganini sezib qoladi.
Averyni oʻz uyidan boʻynidan oʻldirilgan holatda topishadi. Bird bundan xabar topgach, kamerani yoʻq qilishga harakat qiladi. Devin qoʻrqib ketib, guruh suratini yoqib yuborishga harakat qiladi, lekin alanga suratdagi Minaga yetib borgach, uning qoʻli oʻz-oʻzidan yonishni boshlaydi. Bird suratdan olovni oʻchiradi, shundan soʻng Minani qoʻlidagi olov ham toʻxtaydi. Mina qoʻlini operatsiya qilish uchun kasalxonaga olib ketiladi. Devin va Kasey u bilan qoladi, Bird va Connor esa kamera haqida koʻproq maʼlumot bilish uchun ketishadi. Antikvar doʻkoniga borganda, Bird qandaydir maxluq tomonidan hujumga uchraydi. Mashinaga chiqqach u Connordan nima uchun maxluq uni ham taʼqib qilganini soʻraydi va Connor uning aksi ham surat fonida borligini koʻrsatadi.
Mina kasalxonada qisqa vaqt yolgʻiz qolganida nomaʼlum tarzda oʻldiriladi. Devin Minaning jasadini topadi va uning oʻlimida Birdni ayblaydi. Bird va Connor tadqiqot oʻtkazadi va kamera bir yil oldin maktabda ishlagan fotografiya oʻqituvchisi Roland Jozef Sablega (RJS) tegishli ekanligini aniqlashadi. U toʻrt nafar talabani qiynoqqa solib, uch nafarini oʻsha holatda suratga olish vaqtida oʻldirishda ayblangan. Asirlardan biri qochib ketgan va Roland oʻsha joyning oʻzida politsiya tomonidan oʻldirilgan.
Devin oshxonada Bird bilan yuzma-yuz keladi va uni Mina bilan sodir boʻlgan voqea uchun ayblaydi. Tahdid sifatida Polaroidda uning suratini olishga harakat qiladi. Connor va Devin kamera uchun kurashayotganda, Devin tasodifan kameraga tushib qoladi va soya uning fotosuratiga oʻtadi, bu uni keyingi oʻlja ekanligini koʻrsatadi. Devin jahl ustida Sherif Pembrokeni urgani uchun hibsga olinadi va qamoqxonada oʻsha nomaʼlum maxluq tomonidan oʻldiriladi.
Connor, Kasey va Bird Rolandning xotini tirikligini bilib, uning uyiga tashrif buyurishadi. Ular Lena Sable ismli keksa ayolni uchratishadi, u kamera aslida uning qizi Rebeccaa Jane Sablega (RJS) tegishli ekanligini aytadi. Lenaning aytishicha, Rebecca „nimjon“ edi. Unga kamera sovgʻa qilinganida unga juda bogʻlanib qolgan. Rebecca toʻrt nafar sinfdoshi tomonidan tahqirlangan va ular kameradan uning nomaqbul suratlarini olish uchun foydalanishgan. Rebecca uyatdan oʻz joniga qasd qilgan, buning natijasida otasi Roland gʻazabdan oʻsha bezorilarini oʻgʻirlab ketgan va oʻldirgan. Roland oʻlganidan keyin ham, qochib ketgan soʻnggi bezorini oʻldirish uchun qidirib yuradi. Lena ularga tirik qolgan bezorining suratini koʻrsatadi va ular arxivdan yilnomalarni qidiradilar. Bird tirik qolgan bezori Sherif Pembroke ekanligini bilib oladi. Maxluq ularni oʻldirishni toʻxtatish uchun Connor Pembrokening suratini oladi, u Roland aslida Rebeccaga jinsiy tajovuz qilganini ochib beradi. Lena tomonidan soʻzlab berilgan voqealar esa shunchaki erining yomon ishlarini yopish uchun ekanligini tushunishadi. Toʻrt nafar talabalar esa aslida Rebeccaning doʻstlari edi. Ular Rolandning qoʻlida Rebeccaning yalangʻoch suratlarini topib, otasining xatti-harakatlari haqida ogohlantirishga harakat qilishgan edi. Odamlar buni bilib qolishidan qoʻrqib, Roland ularni oʻgʻirlab ketadi va Rebeccani notoʻgʻri aybi tufayli oʻzini oʻldirishga majburlaydi.
Koʻp oʻtmay, Roland Pembrokening rasmini oʻrtasidan boʻlib tashlaydi, sherif usha joyning oʻzidayoq oʻladi. Roland Kaseyning oyogʻiga pichoq uradi, natijada Kasey yura olmay qoladi. Ammo ular qochib hammomga berkinib olishadi. Bird issiqlik hosil qilish uchun issiq suvni yoqib qoyadi, bu esa Roland ularga yetib borishiga toʻsqinlik qiladi. Bird Connorni topish uchun ketadi, ular yana birlashadilar. Kamerani topib Roland „toʻliq rivojlanishi“ mumkin boʻlgan joyga borishni rejalashtirishadi. Roland oʻzini namoyon qiladi va Connorni sudrab olib ketadi, lekin Bird oʻzini suratga oladi, maxluq Connorning oʻrniga uni taʼqib qilishni boshlaydi. Bird Rolandni maktabning qorongʻi xonasiga olib boradi, u yerda u toʻliq rivojlana oladi va kamerani taymerga ulab, unga tuzoq qoʻyadi, lekin Roland uning rejasini koʻrib, kutilmagan joyda namoyon boʻladi va uni pistirmaga tushiradi, soʻng uning boʻynidan ushlab uni pichoqlab oʻldirishga harakat qilayotganda, Bird ehtiyotkorlik bilan kamerani olib, uni suratga olishga muvaffaq boʻladi. Bird suratni darrov ezib tashlaydi, natijada Roland oʻladi (Birdning barmoqlari fotosuratda boʻlgani uchun uning barmoqlari ham eziladi). Vanihoyat, koʻp yillar oldin paydo boʻlgan yovuz ruhni butunlay oʻldiradi. Film soʻngida Bird kamerani daryoga otib yuboradi.
Asosiy suratga olish ishlari 2017-yil 9-martda Yangi Shotlandiyaning Halifax shahrida boshlangan[5].
Ushbu film dastlab 2017-yil 25-avgustda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi[6]. Ammo u 2017-yilning 1-dekabriga, soʻng 2017-yilning 22-noyabriga koʻchirildi[7]. Keyin uni 2018-yilda chiqarish rejalari bilan jadvaldan olib tashlandi[8]. Vertical Entertainment filmni chiqarish huquqini oldi va uni 2019-yil 17-sentabrda VOD-da va 2019-yil 11-oktabrda tanlangan kinoteatrlarda namoyish etdi[9]. 2020-yilga kelib, film Netflixda ham namoyish etildi, 2022-yil iyul oyida esa platformadan olib tashlandi[10].
2018-yil oktyabr oyida Lantern Entertainmen va 13 Films xalqaro distribyutorlik va moliya kompaniyasi Polaroidni xalqaro miqyosda birgalikda tarqatish boʻyicha kelishuvga erishdi[11]. Film Germaniyada 2019-yil 10-yanvarda Wild Bunch tomonidan ilk bor kinoteatrlarda namoyish etildi[12]. Film Buyuk Britaniyada esa 2019-yil 1-iyunda taqdim etildi.
Rotten Tomatoes saytida film besh sharh asosida 0% maʼqullash reytingiga ega, oʻrtacha reytingi 2.4/10 ni tashkil qiladi[13]. The Independent xabariga koʻra, u „hayotda yaratilgan eng yomon qoʻrqinchli film“ deb topilgan[10].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.