![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/65/Pinocchio.jpg/640px-Pinocchio.jpg&w=640&q=50)
Pinocchio
From Wikipedia, the free encyclopedia
Pinocchio (talaffuzi: Pinokkio), (O'zbek tilida buratino deb ham ataladi) — Carlo Collodi qalamiga mansub Pinokkioning sarguzashtlari (italyancha: Le avventure di Pinocchio),(1883) kitobidagi toʻqima qahramon, asosiy personajlardan biri.[1][2]
Pinocchio | |
---|---|
Pinocchioning sarguzashtlari obrazi | |
![]() Rassom — Enrico Mazzanti | |
Ilk bora koʻringan | Pinocchioning sarguzashtlari (1883) |
Muallif(lar) | Carlo Collodi |
Umumiy maʼlumotlar | |
Turi | Yogʻoch qoʻgʻirchoq (keyinchalik odam) |
Jinsi | erkak |
Oilasi | Geppetto (otasi) |
Millati | italyan |
Italiyalik bolalar yozuvchisi Carlo Collodi qalamiga mansub 1883-yilda yozilgan fantastika va sarguzasht janrlaridagi roman. Bu kitob, Geppetto ismli kambagʻal yogʻoch oʻymakor va u yasagan Pinocchio ismli yogʻoch qoʻgʻirchoqning sarguzashtini oʻz ichiga oladi.
Dastlab, ushbu roman, ilk marotaba seriya shaklida „Qoʻgʻirchoq hikoyasi“ (italyancha: La storia di un burattino) nomi ostida 1881-yil 7-iyuldan boshlab Italiyaning haftalik bolalar jurnallaridan biri boʻlgan Giornale per i bambini jurnalida chop etilgan. Koʻpchilik oʻquvchilarning talablariga binoan epizodlar 1882-yil 16-fevralda yangilandi. 1883-yil fevralda hikoya bitta kitob koʻrinishida chop etildi. Oʻshandan buyon, Pinocchio haqidagi kitob, oʻsha davrdagi bolalar uchun moʻljallangan kitoblarning asosiy bozorlarida tarqalishi jihatdan doimiy va uzluksiz boʻlib kelmoqda hamda bu jahon boʻylab tanqidiy sharhlar bilan kutib olindi.
Pinokkioni tasvirlagan eng mashhur rassomlari orasida Roberto Innosenti va Libiko Maraya (1955) Alohida ta'kidlab o'tish lozim. Uning boshqa shakldagi ko'rinishini mashhur Uolt Disney multfilmida hamda Matteo Garron suratga olgan filmda ham ko'rish mumkin.
Xarakterning o'ziga xos xususiyati shundaki, u yolg'on gapirganda burni uzunroq bo'ladi. Toskana lahjasida "Pinocchio" "qarag'ay yong'og'i" degan ma'noni anglatadi.