Pilorostenoz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Pilorostenoz — oshqozondan ingichka ichakning boshlanuvchi qismiga (pilorus) oʻtuvchi teshikning torayishi bilan kechadigan kasallik[2]. Kasallikning dastlabki belgilari safro aralashmasdan, „favvorasimon“ qusish hisoblanadi[2]. Bu belgi asosan chaqaloqni ovqatlantirishdan keyin sodir boʻladi[2]. Simptomlari aniq yuzaga chiqishi chaqaloqning ikki haftaligidan oʻn ikki haftaligigacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi[2].
Pilorostenoz | |
---|---|
Oshqozon anatomik qismlarining sxematik koʻrinishi | |
Mutaxassislik | Umumiy jarrohlik |
Sabablari | Aniq emas[1] |
Tashxis usullari | Obyektiv tekshiruvlar[2], Ultratovush tekshirish usuli[3], rentgenogramma |
Differensial tashxis | Gastroezofagial reflyuks[2], ichaklar invaginatsiyasi[4], pilorospazm[4]. |
Davolash | Xirurgik |
Prognoz | Yaxshi |
Takrorlanishi | 1000 chaqaloqqa 1,5 |
Pilorik stenozning kelib chiqish sababi aniq emas[1]. Xavf omillariga chaqaloqlarning "Kesar kesish" yoʻli orqali tugʻilishi, muddatiga yetmay tugʻilishi, sunʼiy yoʻl bilan oziqlantirilishi kiradi[5]. Diagnostikasida oshqozon pilorik kanali devorlarining qalinlashishi natijasida zaytun shaklidagi zich togʻaysimon mustahkamlikka ega boʻlgan hosila aniqlanishi mumkin[2]. Bu hosila koʻpincha ultratovush tekshiruvi bilan tasdiqlanadi[3].
Davolash dastlab suvsizlanish va elektrolitlar bilan bogʻliq muammolarni tuzatish bilan boshlanadi[2]. Keyinchalik, kasallik kechishiga qarab jarrohlik amaliyoti yoki atropin yordamida konservativ davo choralari koʻriladi[2].
Har 1000 ta chaqaloqdan 1-2 tasi ushbu kasallikka chalinadi va oʻgil bolalarda qizlarga qaraganda toʻrt baravar koʻproq uchraydi[2]. Katta yoshlilarda bu holat juda kam kuzatiladi[6]. Pilorik stenozga birinchi marta 1888-yilda taʼrif berilgan boʻlib, xirurgik davosi birinchi marta 1912-yilda Conrad Ramstedt tomonidan amalga oshirilgan[2][1]. Xirurgik davosi kashf qilinishida oldin koʻpchilik chaqaloqlar vafot etgan[2].