Pi
From Wikipedia, the free encyclopedia
π („pi“, deb talaffuz qilinadi) soni — aylana uzunligining diametriga nisbati; irratsional son va transsendent (yaʼni butun koeffitsiyentli algebraik tenglama ildizi boʻlmagan) son.
Aylana uzunligi, doira yuzi, aylanma jismlar hajmini hisoblashda qoʻllaniladi[1].
π soni aylana uzunligining uning diametriga nisbati sifatida avvalo geometriyada paydo boʻlgan, biroq hozirda u matematikaning boshqa boʻlimlarida ham ishlatiladi. π soni irratsional hamda transsendentdir.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/9/90/Diameter_and_Pi_1.gif)
Bu sonni grek xarfi π bilan birinchi bol`ib ingliz matematigi Jonson belgilashni boshlagan (1706), Leonard Eylerning mehnatlaridan soʻng esa bunday belgilash mashhur boʻlib ketdi.
Bunday belgilash yunoncha — periferiya soʻzining bosh harfidan olingan.