Phi Phi orollari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Phi Phi orollari - Tailanddagi katta Phuket oroli va Tailandning Malakka boʻgʻozlari oʻrtasidagi orollardir. Orollar maʼmuriy jihatdan Krabi viloyatining tarkibiga kiradi. Ushbu orollar eng katta va aholisi eng koʻp orol hisoblanadi. Ushbu orollar oʻz ichiga Bida Nok , Bida Nai , Ko Mai Phai kabi orollarni oladi. Ushbu orollarga paromlar , tezyurar qayiqlar yoki uzun dumli qayiqlar orqali borish mumkin. Ushbu qayiqlarni koʻpincha Krabi shahridan yoki Phuket viloyatidan topish mumkin[1].
Phi Phi orollari Pulau Api-Api | |
---|---|
| |
7°44′0″N 98°46′0″E | |
Mamlakat | Tailand |
{{{mintaqa_turi}}} | Krabi |
Maydon | [convert: invalid number] |
Iqlim turi | 2,231 millimetr (87.8 inches) |
Aholisi | 2,500 |
Vaqt mintaqasi | UTCUTC+7 (ICT) |
Phi Phi orollarida dastlab 1940-yillarning oxirlarida Tailandlik Malay baliqchilari yashashgan , keyinchalik kokos yetishtiradigan joyga aylantirilgan. Hozirgi kunda Phi Phi orolining 80 foizdan ortigʻi musulmon hisoblanadi , ammo orolda ishlovchilarning koʻpi buddistlar hisoblanadi. Doimiy aholi oʻsish soni 2000 dan 3000 kishigacha (2018)[2].
Phi Phi orollari 2000-yilda The Beach Amerika filmi uchun suratga olish joyi sifatida tanlangan va butun dunyoga mashhur boʻlgan[3]. Ammo kino tufayli oroldagi koʻp daraxtlarga ziyon yetkazilgani aytildi va prodyuserlar ushbu orol plyajlariga palmalar ekishgan. Ushbu orolda turizmning oʻsishiga kino namoyishi sabab boʻldi , ammo bu keyinchalik bu atrof-muhit ifloslanishiga olib keldi.
Phi Phi orollari 2004-yil Hindistonda boʻlgan tsunamidan keyin vayron boʻlgan va u yerdagi barcha infrotuzilmalar ishdan chiqqan.