![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/31/Paektu-san.jpg/640px-Paektu-san.jpg&w=640&q=50)
Pektusan
From Wikipedia, the free encyclopedia
Pektusan tog'i - Shimoliy Koreya va Xitoy o'rtasidagi chegarada joylashgan vulqon markazi.[1]
Pektusan | |
---|---|
![]() Paektu vulqoni, 2003-yil aprel. NASA surati. | |
Boshqa nomi | (kor. 백두산?, 白頭山?), (xitoycha: 长白山) |
Joylashuvi |
![]() ![]() |
Togʻ tizmasi | Manchjuriya-Koreya tog'lari |
Choʻqqisi | 2744 |
Balandligi | 2593 |
Ilk koʻtarilishi | 1903 |
Osmonosti ko'li - dunyodagi eng baland ko'l. U tog'ning eng tepasi joylashgan. Bu hududda koreyslar va manchuriyaliklar o‘z ota-bobolarining yeri deb bilishadi. Manjurlar - erta davrda Xitoyning shimoli-sharqin yashagan xalq. Baekdusan - Pektusan tog'larining eng baland cho'qqisi. Bu koreys tilidan tarjima qilganda “oq boshli tog‘lar” degan ma’noni anglatadi. Tog'ning mintaqaviy tarixi haqida ko'plab munozaralar bo'lgan. Tog' tepasidagi ko'l miloddan avvalgi 969-yili katta otilish natijasida hosil bo'ldi. Va otilish paytidagi vulqon kuli juda uzoqqa tarqalgan. Tadqiqotchilar otilgan kul qoldiqlari Yaponiyadagi Xokkaydo orolining janubiy qismida kuzatdilar. Bu Koreyadagi eng baland tog' hisoblanadi. Togʻdan Sungari, Tumen (Duman) va Yalu (Ammok) daryolari boshlanadi. Koʻlning aylanasi 12—14 km, oʻrtacha chuqurligi 213 m, eng kam chuqurligi 384 m. Tog'dagi magma darajasi doimiy ravishda oshib bormoqda. Shu tufayli tog'ning hajmi yiliga 3 mm ga oshadi. Tog' tepasida joylashgan ko'l shimolga oqib, sharsharagacha davom etadi. Ko'lda suv hayvonlarining ayrim turlari yashaydi. Ko'l oktyabrdan iyun oyining o'rtalariga qadar muzlaydi. Paektusan tog'idagi Langgun cho'qqisi doimo qor bilan qoplangan. Yo‘lbars, ayiq, leopard va yovvoyi cho‘chqa kabi yovvoyi hayvonlarni Paektusan tog‘ida uchratish mumkin.[2]