Paulo Dybala
From Wikipedia, the free encyclopedia
Paulo Exequiel Dybala (talaffuzi: Paulo Esekel Dibala; 1993-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Serie A „Juventus“ klubi va Argentina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Paulo Exequiel Dybala[1] | ||
Tavallud sanasi | 15-noyabr 1993-yil (1993-11-15) (30 yosh)[1] | ||
Tavallud joyi | Laguna Larga, Argentina | ||
Boʻyi | 1.77 m |
Uning taxallasi La Joya („Javohir“) hisoblanadi.[2] Dybala oʻzining professional karyerasini 2011-yilda Instituto de Córdobada oʻynab boshlagan, 2012-yilda 18 yoshida Palermo futbol klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda Serie B chempionligini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Dybala „Juventus“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi va beshta chempionat va toʻrtta Italiya kubogini qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, bir marta Serie Aning eng qimmat oʻyinchisi, deb topilgan.Shuningdek, toʻrt marta Serie Aning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan va „Juventus“ning hamma vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida toʻqqizinchi oʻrinni band qilgan.